Muammoli o'qitishning konsepsiyasi Reja: Muammoli ta'limning nazariy asoslari. Muammoli ta'limning maqsad va vazifalari. Muammoli ta'lim texnologiyasi vositalari. Muammoli dars strukturasi. Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur. Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi yetakchi o'rinni egallaydi. Muammoli ta'lim - bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o'qitishning ilgari malum bo'lgan usullarini qo'llash qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq o'quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi. Didaktikada muammoli o'qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi. A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o'qitish qonuniyatlarini chuqur o'rgandilar. an'anaviy didaktika butun etiborni o'qituvchi faoliyatiga qaratgan edi va ta'lim jarayoni deganda asosan o'qitish jarayonini ko'zda tutgan edi. O'qitish jarayoni etarli o'rganilmas edi, ko'pincha o'quvchilarning reproduktiv faoliyati bayon qilinar edi, xolos. Hozirgi zamon didaktikasi o'quvchilarning mustaqil - o'quv - bilish faoliyatiga etiborni kuchaytirdi. Muammoli ta'lim nazariyasi o'quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik - pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi. Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko'rish asosida muammoli ta'limning asosiy g'oyasi aniqlanadi: muammoli ta'limda bilimning deyarli katta qismi o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o'quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi. Malumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim khrsatikichi - yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta'lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so'zning zamonaviy manosida rivojlanuvchi ta'lim deb hisoblash mumkin. Rivojlanuvchi ta'lim deb, yani umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta'limni hisoblash mumkinki, unda o'qituvchi fikr yuuritishning qonuniy rivojlanishni bilimga tayaangan holda, maxsus pedagogik vositalar yordamida o'z o'quvchilarini fan asoslarini o'rganish jarayonida fikirlash qobilyaati va bilish ehtiyoojini shakillantirishga oid maqsadga yo'naltirilgan ish olib boradi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.38 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.38 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: ppt