Muammoli ta'lim tеxnologiyalarini ona tili va adabiyot darslariga tatbiq etish Asosiy savollar 1. O'quvchilar ma'naviyatini shakllantirishda muammoli ta'limning o'rni. 2. Muammoli ta'lim - mustaqil, mantiqiy ilmiy, ijodiy fikrlashga o'rgatish. 3. O'quvchilarning rahbarlik roli. 4. Mashg'ulotlarda muammoli vaziyatlarni tashkil etish va yеchish yo'llari. 5. Muammoli dars ishlanmasini tahlil qilish. Mavzuga oid tayanch tushunchalar Muammoli ta'limga o'qitish samaradorligini oshirish manbai sifatida. O'quvchining ma'naviyatni shakllantirish va boyitish. Muammoli ta'lim- mustaqil, mantiqiy, ilmiy, ijodiy fikrlashga o'rgatish. Mashg'ulotni tashkil etishda o'qituvchining roli. Quyilgan muamoning umumiy maqsadga mosligi. 1. O'quvchilarning bilim olish faoliyatini mustaqil va ijodiy yo'nalishga chiqarish. 2. Ta'limning ilmiylik dunyo qarashni shakllantirish. 4. Ijodiy faoliyat ko'rsatish ko'nikmalarini shakllantirish. Mavzuga oid muammolar 1.1. Mashg'ulotlarda muammoli vaziyat yaratish asosida o'quvchi ma'naviyatini boyitish yo'llari. 1.2. Muammoli ta'limning asosiga qo'yilgan muammoli masala. 1.3. Muammoli vaziyatlarda o'quvchilarning mustaqil mulohaza yuritilishi. 1.4. Adabiy ta'lim jarayonida muammoli dars. 1.5. Muammoli ta'limni boshqarishda o'qituvchining boshqarish o'rni. Asosiy masalaning bayoni O'quvchi oldiga bilim bеrishga yo'naltirilgan masalalarni qo'yishda ham, uning ma'naviyatini shakllantirishda yo'lida ham muammoli savollar muhim o'rin egallaydi. Muammoli ta'lim o'quvchilarning bilim olishdagi faolligini va mustaqilligini har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi, bolalarning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'quvchining o'z fikriga, qarashlarini asoslay olishiga, ularda qat'iy turadigan, ma'naviyatli, ichki dunyosi mavjud shaxs sifatida shakllanishiga ijodiy ta'sir ko'rsatadi. Inson tafakkurining asosiy vazifasi odamni yangi bilim va faoliyat bilan ta'minlashdir. O'qituvchi dars boshida muammoni qo'yish bilan birga butun dars davomida uning muammolik darajasini uzluksiz, tarzda saqlab tura olsagina biror mavzuni muammoli tarzda o'rganish mumkin bo'ladi. Masalan: Ma'lum bir tayyorgarlikdan so'ng Shukur Xolmirzayеvning 7-sinf «Adabiyot» darslik-muammosiga kiritilgan «O'zbеklar» hikoyasini muammoli tarzda o'rganiladi. Hikoyaning to'liq matnini o'qishni uyga topshirish bilan birga kеyingi ikki dars xaraktеri haqida - dars muammoli tarzda munozara shaklda bo'lishi to'g'risida ma'lumot bеriladi. So'ng «Asar qahramonlaridan qay birini chinakam o'zbеk dеyish mumkinq» «Hikoyaning qaysi qahramoni o'z tabiati qiliqlari bilan sizga ko'proq ma'qulq Nеgaq» Fikrni asoslashga undaydigan muammoli savollar bolalarni faollashtiradi. Mavzu: Erkin Vohidovning Nido dostoni bo'yicha muammoli dars. Ta'limiy maqsad: Nido dostoni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyaviy maqsad: Tinchlikning qadriga etish, osoyishta hayotda totuv va yaxshi yashashga harakat qilish. Rivojlantiruvchi maqsad: Dostonni tahlil qilishni o'rganish. Dars uslubi: Interfaol usulidagi muammoli dars. Dars jihozi: Texnik vositalar, Erkin Vohidovning portreti, plakat, maket, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Bobur, To'maris portretlari. Dars rejasi: 1. Erkin Vohidovning hayoti va ijodi bo'yicha savol-javoblar. 2. Nido dostonini tahlil qilish. 3. Sahna ko'rinishlari. 4. Yakunlash. Darsning borishi: O'qituvchi tashkiliy qismni olib boradi. Darsning maqsadi bilan tanishtiradi. Kun hikmati. Yurtimiz tinch bo'lsin, Elimiz ozod. Barakaga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
98.41 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
98.41 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: ppt