Reja: 1. Muammoli ta'limning pedagogik asoslari. 2. Muammoli o'qitishning tarixi haqida. 3. Evristik usullar ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchisi sifatida. 4. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar. Pedagogik manbalarda ta'kidlashicha muammoli o'qitishga XX asrning 20-30 - yillarida asos solindi. Muammoli o'qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Djon Dyui (1859-1952) g'oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shaxrida o'qitish asosini o'quv rejasi emas, balki o'yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkil qilgan. O'qish, hisoblash, yozish bo'yicha mashg'ulotlar bolalarning fiziologik balog'atiga qarab o'z- o'zidan paydo bo'lgan ehtiyojlariga muvofiq o'tkazilgan. Muammoli o'qitish -mashg'ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o'quvchilar bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli o'qitish, o'qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, o'quvchilarni uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o'qitishni ta'lim jarayoniga tatbiq etishda o'qituvchi ilmiy va o'quv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning umumiyligi- har ikkalasida ham obyektiv zidliklar mavjudligi bo'lsa, ilmiy va o'quv muammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qo'yilgan masala hali echilmagan, o'quv muammoda esa masala yechilgan, uni yechish yo'li va natijasi ma'lum. Faqat bu yo'llar va natijalarni q'quvchilar izlab topishi kerak. Muammoli q'qitishning yakuniy maqsadi - o'quvchilarni muammolarni ko'rish va yechishga o'rgatishdan iborat bo'lib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Muammoli o'qitishning didaktik maqsadi O'quv muammolarini hal etishda bolalar tomonidan avval o'zlashtirgan bilimlarini ijodiy qo'llanib, yangi bilimlarni egallash ko'nikmalarini shakllantirish Bilimlarni ijodiy o'zlashtirish va amalda qo'llash malakalarini shakllantirish Bolalarning izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkur, ijodiy faoliyati, aqliy kamoloti, idrokini rivojlantirish Muammoli o'qitish usullariga quyidagilar kiradi: tadqiqiy usul evristik usul muammoli vaziyatlar yaratish usuli. O'qitishning tadqiqiy usullarini qo'llaganda o'quvchilarga: nostandart masalalarni tuzish bo'yicha; shakllantirilmagan savol bilan; ortiqcha ma'lumotlar bilan; o'zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; yo'riqnomalardan foydalanmasdan obyekt mohiyatini bayon etish; olingan natijalarni qo'llash chegaralarini aniqlash; olingan natijalarni qo'llash darajasini aniqlash; hodisaning namoyon bo'lish mexanizmini aniqlash; bir lahzada topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. muammoli o'qitish natijasida kasbiy bilim Ko'nikma va malaka fikrlash qobiliyati 1. Muammoli ta'lim mohiyati O'quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradi Muammoli ta'lim O'qitishning eng asosiy sharti bo'lib talabalarni amaliy faoliyatga, yani o'yinga, mehnatga jalab qilish hisoblanib, bu jarayonda biror nimani (o'rganishni istayman, buni qilishni istayman) egallashga ehtiyoj paydo bo'ladi. Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq: O'quv materialini muammolashtirishi Talabalarning bilish faoliyatini faollash tirish ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirishi O'qituvchi tomonidan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
687.47 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
687.47 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: ppt