Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari Qomusiy olimlar o'z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta etibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo'lga qo'yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to'g'risidagi g'oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o'rin egallaydi. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o'z davrigacha bo'lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o'rgandi va o'zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi. Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o'zining ulkan hissasini qo'shdi. Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-l muqobala asarida (aljabr va -l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo'llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo'lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism-algebraik usul qo'llab o'lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo'lib, muallif uni Vasiyatlar kitobi deb ataydi. Muhammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya tushunchasini kengaytiradi. Induksiya yo'li bilan umumiy yechish usullarini xal etadi, deduksiya yo'li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni echadi. Aljabr va-lmuqobala asari bilan xam matematika fanini rivojlantirib, o'zidan avvalgi bilimlarni o'rgandi va ularni sintezlashtirdi hamda amalda qo'llash usullarini bayon etdi. Muhammad al-Xorazmiy o'sha paytlarda amalda uchraydigan barcha chiziqli va kvadrat tenglamalarni jamlab, hozirgi matematik simvol orqali beriladigan quyidagi olti tipga keltirdi: ax2 x vx(1) ax2 x s vx2 x s x2-vxxs x2-sxvx x2xvx-s Mutafakkir ushbu tenglamalarni yechish uchun Al-jabr va al-muqobala (tiklash va qiyoslash) amallarini kiritdi. Bu amallarninng mohiyati tenglama xadlarining ishorasini o'zgartirgan holda ularni bir tomondan ikkinchi tomonga o'tkazish va yig'ishdan iboratdir. Al-jabr keyinchalik matematika fanining alohida bo'limiga aylandi va algebra deb ataladigan bo'ldi. Mazkur amallar yordamida xar qanday tenglamani kononlik shakliga, yani asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin echiladi. Bu usul fan olamida muhim ahamiyatga ega edi. Shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomi lotincha transkriptsiyada Algoritmi shaklini oldi, keyin Algoritmus va nixoyat hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi algoritm (algorifm) ga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo'llarini xam berdi. Meros taqsim qilish, vasiyatnomalarni tuzish hamda mol taqsim etish uchun zarur bo'lgan hisoblarni talif etdi. Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi Hind arifmetikasi haqida kitob (Hisob al-xind)dir. Asar o'nlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag'ishlangan. Mutafakkir xindlarning falakiyot va matematikaga oid Sindixin nomli qo'llanmasini o'qib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta tikladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.79 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.79 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga