Muhammad Tarag'ay Ulug'bek

Muhammad Tarag'ay Ulug'bek

O'quvchilarga / Pedagogika
Muhammad Tarag'ay Ulug'bek - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Tarag'ay Ulug'bek Ulug'bek 1394 yilning 22 martida Eronning g'arbidagi Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U Shohruh Mirzoning to'ng'ich o'g'li bo'lib, unga Muhammad Tarag'ay ismi berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan «Ulug'bek» deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug'bek bo'lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi. Ulug'bekning otasi Shohruh Amir Temurning uchinchi o'g'li bo'lib, Xuroson hukmdori, ma'rifatli, ilm-fanga qiziqqon shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o'z davrining oqila, bilimdon ayollaridan hisoblanardi. «Taqdir bu ulug' zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo'lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi».1 Ulug'bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlarida o'tdi. Garchi Ulug'bek tug'ilganda bir oz zaif bo'lgan bo'lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi. Amir Temur nabirasi Ulug'bekning o'tkir zehnli, aqlu farosatli bo'lganligi uchun juda sevardi. «Ko'zimning nuri, saltanatimning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug'bek Mirzo nozik bo'lib o'sdi. Buning ustiga ko'p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o'tkazar, davlat ishlariga rag'bati yo'q ko'rinar edi. Ulug'bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug'ullanib, sevimli nabirasiga o'quv-yozuvni o'rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni so'ylab bergani uning hayotida o'ziga xos maktab bo'ldi. 1405-1411 yillarda, o'sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo'lib tayinlangan. Otabegi Ulug'bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o'rgatgan. O'rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblarda malum bo'lishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qo'llanmalar asosida tayyorlangan. Shulardan biri Shahzodalar va Xonzodalar bilishi zarur bo'lgan «Suluk ul-muluk» (Podshohlarga qo'llanma) kitobidir. Ulug'bek ham an'anaga ko'ra mazkur kitobni mukammal o'rganar va unda ko'rsatilgan davlatni idora qilish san'ati - turli lavozim egalarini tayinlash, soliq to'plash, ruhoniylar, mansabdorlar hamda boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayru sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo'yicha ko'nikmalarni egallaydi. Ulug'bek yoshligidan ko'p kitoblarni mutolaa qiladigan bo'lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi. U bobsining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko'p vaqtini o'tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, bazi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarda yulduzlarning o'rni va harakatini kuzatish bilan mashg'ul bo'lar edi. Taniqli olim Bo'riboy Ahmedovning ma'lumotlariga ko'ra mavlono Badriddin Samarqandda bo'lgan vaqtda Ulug'bekni Ko'ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib tushgan Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»sini ko'rsatadi. Shu yerda mavlono Badriddin Ulug'bekka alloma al-Farg'oniy tarafidan bitilgan «Kitob fi javome ilm an-nujum va usul al harakat as-samoviya» («Yulduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritkichlari harakatining asosini (bir-biriga) qo'shuvchi kitob»)ni ko'rsatadilar. Shunday qilib, Ulug'bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom kitoblari bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.72 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.72 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga