Mujassam nuqsonli bolalar va ular bilan olib boriladigan pedagogik korreksion ishlar mazmuni RYeJA: Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar anomal bolalar toifasidan biri sifatida. Bolaning harakat - tayanch a'zolari jarohatlanishining sabablari. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining o'ziga xosligi. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar uchun defferentsial va integratsiyalashgan ta'limni tashkil etish. Tayanch iboralar: (Oftolmalogik tserebral, falajlik, defferentsial, integratsiyalashgan). Dunyodagi 500 milion aholining 10% nogironlardir. Shular jumlasiga mujassam nuqsonli anomal bolalar ham kiradi. Mujassam nuqsonli anomal bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi. Ular kompleksli nuqsonli bolalar kategoriyasi deb ham nomlanadi. Onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, ekologik muvozanatni yanada barqarorlashtirish yuzasidan mamlakatimizda mustaqilligimizning birinchi kunidanoq muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. Respublikada kasal bolalar tug'ilishi ko'rsatkichi ming aholiga nisbatan 1991 - yildagi 34,5 dan 200 - yilda 21,4 ga kamaydi. Demak, hali ham bu borada ko'pgina ishlar olib borilishi lozim. Ayollar, ayniqsa qizlar orasida uchraydigan chekish, spirtli ichmliklar ichish, narkotik moddalar qabul qilish, shifokor maslahatisiz dori - darmonlar qabul qilish, ekologik muammolar va boshqa holatlar nogiron bolalar tug'ilishiga sabab bo'layotganini va uni oldini olish boasida ko'proq balog'at yoshidagi yigit - qizlar orasida tushuntirish ishlari keng tarzda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Olimlar tomonidan aniqlangan 400 dan ortiq dori - darmonlar homila rivojlanishiga (dastlabki 1 - 2 oylar) salbiy ta'sir etadi. Mujassam nuqsonli maxsus yordamga muhtoj toifasiga kar - ko'r - soqov bolalar, kar va aqli zaif, ko'r va oligofren, harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan va ko'r yoki aqli zaif hamda xokozolar kiradilar. Oxirgi yillarda ko'r va zaif ko'ruvchi bolalar soni ancha kamaydi. Oftolmalogik yuutuqlar, erta diagnostikaning yangi usullarining qo'llanilishi, ko'rish organlari kasalliklarini davolash va korreksiya qilish natijasida maxsus maktab o'quvchilarining kontingenti sezilarli darajada o'zgardi. Ko'r bolalar nisbatan kamaydi, ammo zaif ko'ruvchi bolalar soni ko'paydi. Ularning orasida maktab dasturini o'zlashtira olmaydigan bolalar yaqqol ko'rina boshladi. Kompleks, yani har tomonlama tekshirish, o'rganish natijasida ularning ko'rish qoblyatining buzilishi bilan birga oligofreniya tipidagi aqli zaiflik ham mavjudligi aniqlandi.Zaif ko'ruvchi va aqli zaif bo'lgan bolalarning o'qitish va tarbiyalash ancha murakkab va o'ziga xosdir. Odatda ko'r va zaif ko'ruvchi bolalar Brayl sistemasida o'qish va yozishni o'rganadilar. To'g'ri tashkil etilgan ta'lim natijasida ko'r bolalar nuqta - relefli shriftni tez o'rganib oladilar. Aqli zaif ko'r bolalarda bu jarayon sekin kechadi. Bunga bir qancha sabablar mavjud bo'lib, markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi natijasida aqli zaif ko'r bolaning kompensator imkoniyatlari sust bo'ladi. Maxsus tashkil etilgan ishlar tufayligina eshitish analizatorlari kompensator vazifasini bajaradi. Aqli zaif o'quvchilarning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.85 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.85 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: doc