Muloqot-axborot ayirboshlash, o'zaro ta'sir va kishilarning bir-birini tushunishi sifatida

Muloqot-axborot ayirboshlash, o'zaro ta'sir va kishilarning bir-birini tushunishi sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Muloqot-axborot ayirboshlash, o'zaro ta'sir va kishilarning bir-birini tushunishi sifatida - rasmi

Material tavsifi

muloqot-axborot ayirboshlash, o'zaro ta'sir va kishilarning bir-birini tushunishi sifatida Reja: 1.Muloqot va til. Og'zaki kommunikatsiya (nutq). 2. Nutq mehanizmlari. Nutqsiz kommunikatsiya. 3. Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar. 4. Pedagogik muloqotda psixologik bog'lanish va shaxslararo mojaro. 5. Shaxslararo birgalikda harakat va do'stona munosabatlar. 6. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishi. 7. Muloqotda teskari aloqa va muloqot treningi. 1.Muloqot va til. Og'zaki kommunikatsiya (nutq). Insonning uni o'rab turgan olamga o'zaro ta'siri obyektiv munosabatlar tizimida namoyon bo'ladi, obyektiv munosabat va aloqalar so'zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo'ladi. Guruh a'zolarining bu obyektiv o'zaro munosabatlari subyektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o'zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan munosabat o'rnatilmasa, ular bir-birini to'g'ri tushunmasdan to'laqonli birgalikdagi faoliyatni tashkil eta olmaydi. Masalan, o'qituvchi o'quvchilarga biror narsani o'rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak. Muloqot kishilarning hamqorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug'iladigan ular o'rtasidagi aloqa rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot hamqorlikdagi faoliyat qatnashchilari o'rtasida axborot almashinishni o'z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonida ifodalanadi. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o'zaro ta'siridir. Bunda faqat so'zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o'rtasida biror so'z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir-birini to'g'ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o'zaro ta'sir) va pertseptiv (o'zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o'zaro munosabati va hamqorlikdagi faoliyatining tashkil etish usuli sifatida namoyon bo'ladi. Muloqotning mazmuni- axborot almashish, o'qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o'quvchilar bilan o'zaro tushunish va o'zaro munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o'qituvchi hamda o'quvchilar jamoasi o'rtasida munosabatlarni ta'minlamay turib amalga oshirib bo'lmaydi. Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o'rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo'luvchi o'zaro ta'sirdir. Muloqotning o'zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko'rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo muloqot vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til muloqotga kirishuvchilar o'rtasida aloqa bog'lanishini ta'minlaydi. Uni bu maqsad uchun tanlangan so'zlar mohiyatiga ko'ra kodlashtirgan holda axborotni malum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, yani uning manosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o'z xulq - atvorini o'zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. A.V. Petrovskiy fikricha, axborotni boshqa kishiga yo'llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.05 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.05 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga