Muloqotga o'rgatish mashqlari R e j a : 1. Shaxsning shakllanishida muloqotning o'rni. 2. Muloqotning muvaffaqiyatli bo'lishida shaxs sifatlarining o'rni. 3. Shaxsni muloqot usullariga o'rgatish. 4. Muloqotga o'rgatishning o'yin va noo'yin shakllari. 5. Ijtimoiy psixologik trening. Tayanch so'z va iboralar. Muloqot, shaxs, muloqantmandlik, muloqot usullari, empatik qobiliyatlar, muloqotga o'rgatish, o'yin metodlari, pertseptiv treninglar. K I R I Sh Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta etibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o'rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o'rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o'rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o'rganishga yordam beradi. Shuningdek talabalarda muloqot psixologiyasi bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Yoshlarni nafaqat jismonan baquvvat, balki ma'naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. ta'lim to'g'risidagi qonun, qadrlar tayyorlash milliy dasturida shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi etibor qaratilgan. Shunday ekan, o'smir va o'spirinlarni muloqot jarayonida mustaqil fikrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XX1 asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun avvalo muloqotga o'rgatish zarur. O'smir va o'spirinlarni muloqotga o'rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlarni o'qishga tavsiya qilish, muloqot jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlashini aniqlash va shu jarayonda psixologik o'yinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir. Maktabning o'rta va yuqori sinflarda yozma nutq mazmunli, ta'sirli bo'lib, grammatik jihatdan tobora to'g'ri, mukammal tuzilib boradi va oqibatda bunday nutq og'zaki nutqning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsata boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi ta'sirida o'sadi. Shuning uchun o'qituvchi nutqi o'quvchilar nutqini o'stirishda namuna bo'lib xizmat qilishi kerak. O'quvchilar tafakkurini o'stirmay turib, ularning nutqini o'stirib bo'lmaydi. Og'zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda o'quvchilarning reja tuzib olishlariga etibor berish kerak. Yozma va og'zaki nutqni o'stirish uchun kitob ustida muntazam ishlash, o'qigan matnlarning tezisini, konspektini tuzish, ma'ruza, referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo bo'lishining umumiy qonunlari asosida o'sadi. Agar kishi biror bir tovushni noto'g'ri talaffuz qilishga o'rganib qolgan bo'lsa, unda bu kamchiliqlarni tugatish qiyin bo'ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.52 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.52 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: doc