Munis Xorazmiyning ma'rifiy qarashlari Reja: Munis Xorazmiyning hayoti ijodi. Uning Savodi ta'lim asari. M.Xorazmiyning ijodiyotida odob-axloq masalalari. 12. Munis Xorazmiyning ma'rifiy qarashlari. Munis Xorazmiy XVII asrning oxiri XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan tarixchi, olim, pedagog va zabardast xattot edi. Uni yashab ijod etgan davri feodalizmning qulab borayotgan paytiga to'g'ri keldi. Feodalizm tuzumining razilligi shu darajaga yetib bordiki, xalqning tortgan azob-uqubatlarining nihoyasi yo'q edi. Shermuhammad Avazbey o'g'li Munis ana shunday mash'um zamonda 1778 yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida mirob oilasida dunyoga keldi. Munis uning adabiy taxallusi bo'lib, lug'aviy ma'nosi ulfat, hamdam, do'st demakdir. Munis dastlabki ta'limni o'z qishlog'ida maktabda oldi. So'ngra madrasada o'qidi. Madrasa ta'limidan so'ng mustaqil arab va fors tillarini o'rgandi. U sharq klassik adabiyoti vakillari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Hofiz SHeroziy, Lutfiylarning ijodiyotlarini chuqur o'zlashtirdi. Munisning odob-axloqqa doir g'oyalari uning g'azallar, mustazodlar, muxammaslar, musaddaslar, qasidalar, qat'alar, ruboiylar, tuyuqlar, chistonlarida ifodalangan. Munis o'zining Savodi ta'lim asarida ilm-fan, maktab, o'quv-tarbiyaga doir fikr-mulohazalarini batafsil yoritgan. Bu asarning birinchi qismida harf mashq qilishga tayyorgarlik masalalarini, ikkinchi qismida esa xat mashqi va uning usuli haqida amaliy ishlarni bayon qiladi. Munis tarjimon sifatida XV asrda yashab ijod etgan tarixchi Mirxondning Ravzatus-safo asarining birinchi va ikkinchi jildini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Munis ma'rifatparvar shoir sifatida o'z zamonasining eng ilg'or ma'rifatparvari edi. SHoir o'z she'rlarida tarbiya masalalarini zarurligini uqtirdi. U insonga xos yuksak fazilatlarni ilm orqali tarbiyalash lozimligini ko'rsatib bergan. Munis og'ir kasallik tufayli 1829 yilda vafot etdi. U qoldirgan o'lmas adabiy va ma'rifiy meros yosh avlod tarbiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Munis kishilarni rostgo'ylik, mardlik, xalqchilik, do'stlik, vatanparvarlik va vafo ruhida tarbiyalash eng avvalo ilm orqali amalga oshirilishini ta'kidlagan. U bilimning qudrati kuch ekanligini ko'rsatadi. Munis ilmning afzalligi to'g'risida maktab va madrasalarda o'qitiladigan fanlarning mohiyatini she'riy misralarda shunday bayon etgan edi: Goho talabalar birla gulxan aro Surub dardkashlikka yuz majaro, Gahi rindlar bazmiga yo'l topib Hamonki maqsudg'a qul topib, Gohi maktab ichra kirib shodkom, Madrasa sari aylab hirom. Qayu yerda ahbob bazm aylasa, Tarab irtiqobiga azm aylasa, O'zimni olar ichra solur erdim, Ko'ngul qong'uncha bahra olur erdim. Munis Savodi ta'lim asarida donishmandning ilmga bo'lgan e'tiqodi uning o'z xatida aks etishini alohida ta'kidlaydi. SHuningdek, xatni chiroyli, husndor va xatosiz yozilishining tarbiyaviy ahamiyatini quyidagicha ochib beradi. Xattidin o'lub xujasta ta'lim, Ta'lim fani xatiga taslim, Sharmanda xati sabz xatlar, Xol ofati xatida nuqtalar. Ta'lim berur na bir raqamdin, Xat yozmoq ishi yeti qalamdin. Shoir insonlarni bir-biriga mehr-oqibatli bo'lishini, do'stlik rishtalarini bog'lovchi nomalar yozish haqidagi g'oyasini, maqsadi va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
472.44 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
472.44 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: pptx