RYeJA: 1. Interfaol usullarning mohiyati 2. Didaktik jarayon loyihasining interfaol metodlarining ahamiyati 3. Interfaol metodlarning turlari 4. ta'lim jarayonida interfaol metodlarning ahamiyati Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortikcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda malum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi Pedagogik texnologiya o'z mohiyatiga ko'ra subyektiv xususiyatga ega, yani, xar bir pedagog ta'lim va tarbiya jarayonini o'z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chikkan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan kullanilayotgan ilg'or texnologiyalardan maqsadga muvofik. foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofikdir. Didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda ko'rish talabalarning bilish faoliyatini mavzu bo'yicha belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o'qitish metodlari yordamida tashkil etish demakdir. o'qitish metodlari o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra malum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo'ladi. Ularning samaradorligi to'g'risida fikr yuritilganda o'qitish jarayonini izga soladigan va uni maqsadli yunaltira oladigan, o'qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyatini ta'minlash asosida jamiyat tomonidan OUYu (maktab, kasb-hunar kolleji) oldiga kuyilayotgan maqsadga nechoglik erishilayotganini kuzda tutish kerak. Yoxud o'qitish metodlari bevosita ta'lim amaliyoti bilan aloqador konsepsiyadir. «o'qitish metodi dastlab pedagogik ongida faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida muvjud bo'ladi. Bu loyiha amaliyotga o'qituvchi va talaba faoliyatlarining o'zaro tutashuvi tekisligida, o'qitish va o'qishning aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metodning boshqa namoyon bo'lishi shakllari yuk, sababi umumiy holda o'qitish metodi uzida faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi». Pedagogik nashrlarda o'qitish metodlarini faol vas ust guruhlarga ajratish xollari mavjud. Agar xar bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishda o'z o'rnida ishlatilsa, shubxasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar xam darsda talabalar faolligining yuqori darajasini ta'minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga karatiladi. Shu boisda bu faslda xali pedagogik amaliyot uchun notanish bo'lgan chet el didaktikasiga oid metodlar haqida fikr yuritiladi. Amerikaning «Street law» (kucha qonuni) dasturi bugungi kunda yer yuzining kuplab davlatlari tomonidan «asr»ga olingan va ta'lim makoniga urnashib kolayapti. Bunga sabab dasturdan urin olgan yuzlab o'qitish metodlarining faolligi, jozibaligi va ta'sirchanligidir. Ular yordamida talabalar o'z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni tanqidiy kabul qilish, jamoada ishlash, o'z maavkeini mustahkamlash, fikrlarini himoya qilish, xak-huquqlarini anglab etish kabi imkoniyatlarga tezda ega buladilar. o'qituvchi esa didaktik jara1nni ko'rishda bu metodlardan oqilona ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.15 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.15 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: ppt