Muomala madaniyati va to'g'ri muloqot qoidalari

Muomala madaniyati va to'g'ri muloqot qoidalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Muomala madaniyati va to'g'ri muloqot qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Muomala madaniyati va to'g'ri muloqot qoidalari Reja: 1. Muomala madaniyati. 2. Ichki madaniyat. 3. Iliq muomala va uni tashkil etish yo'llari. 4. Konfliktdagi muloqot madaniyati talablari. Muomala madaniyati O'zbeklar mentalitetida muomala madaniyati ko'pchilik hollarda o'zaro salom-alik qilish, ahvol so'rash, oiladagi ahvol bo'yicha axborotlarga qiziqish ko'rsatish kabi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Ammo aslida muomala madaniyati - o'zga insonga bo'lgan munosabat madaniyati bilan belgilanadi. Faqat salom-alik qilgandagiga emas, balki hayot tartibida, har kunlik hayot tarzida insonga ko'rsatiladigan hurmatli va e'zozli, samimiy va to'g'ri munosabatni anglatadi. Ichki madaniyatga ega bo'lgan odamgina har turli vaziyatlarda har qanday boshqa insonga nisbatan doimiy to'g'ri, samimiy va aniq munosabat ko'rsata oladi. Muloqot madaniyati insondan boshqa insonga nisbatan har doim bir tekis munosabat ko'rsatilishini talab etadi. Qarshingizda turgan odam boymi, qambag'almi, qishloqlikmi, yoki shaharlikmi, mansabdormi, yoki oddiy o'qituvchimi, bundan qat'iy nazar unga to'g'ri munosabat ko'rsata olish haqiqiy insonparvarlik mezoni bo'lib kelgan. Ammo muloqot madaniyati insondan o'z ustida muntazam ish olib borishni talab etadi. Muloqot madaniyati o'z o'zidan vujudga kelib qolmaydi. Hayotda ko'pincha odamlar orasidagi muloqotda ularning rasmiy, xushomadgo'y, kibr-havoli munosabatlari shohidi bo'lamiz. Ba'zan inson yuqori martabaga erishsa, u o'zini boshqalardan ustunligini ko'rsatish uchun, ko'pchilik bilan salom-alik ham qilmay qo'yadi. Asl madaniyatda esa aksincha, insonning qanchalik martabasi ko'tarilsa, shunchalik oddiy insonlarga o'zining yaqinligini ko'rsatish zarur hisoblanadi. Shu bilan birga muloyimlik, xalimlik, ochiqlik, samimiylik, to'g'rilik va boshqa bir necha tamoyillar ulug'lanadi va targ'ib qilinadi. Yoki, yigit taraf qudalar qiz tarafdagilarga sal yuqoridan turib, buyruq berib gapirishadi. Boyvuchcharoq qarindoshlar o'zining moddiy tarafdan muhtoj qarindoshlariga nisbatan kerilib, boshqa tarafdan ularning moddiy tarafidan uyalibroq munosabat ko'rsatishadi. Bunday vaziyatlarning barchasi - noto'g'ri holatlar hisoblanadi. Demak, real hayotda, odam yoshligidanoq muloqot madaniyatiga oid ma'lum insoniy qadriyatlarning buzilayotganligi bilan to'qnash keladi. Oqibatda, bola hayotida ikki xil standartlar holati vujudga keladi. Bir tomondan, bola muloyim bo'lishi lozim. Ikkinchi tarafdan esa, atrofidagi ko'pchilik odamlar, xatto-ki eng yaqin va xurmatli kishilar ham bu tartib-qoidalarga rioya qilmaydi. Masalan, so'kinish - erkaklar rioya qilmaydigan noto'g'ri holat, qarg'ash - ayollar rioya qilmaydigan noto'g'ri holat. O'g'il bolalar so'kinishni odatda o'z otalaridan meros qilib oladilar. Ko'pchilik so'kinish yomonligi biladi, ammo ishlataveradi. Uning yomon odatligini o'ylab ham ko'rmaydi. Uni ishlatganda betarbiya odamlar ichki g'urur his qiladi, aslida birovlarni kamsitish, ularni mensimaslik, birovlarga aziyat ulashayotganligini bilmaydi. Ayollar esa ba'zan o'z farzandlarini qarg'ab turib ularga ish buyuradi, yoki ularni jazolaydi. Aslida ayol kishiga mayinlik, mehribonlik xos bo'lishi lozimligini ular unutib qo'yishadi. Agar, haqiqatda ham bolalari bilan biror noxush hodisa yuz bursa, ular ko'yinishi aniq. Ammo til hamma narsani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.29 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.29 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga