Musiqa madaniyati ta'limining maqsad vazifalari Reja: 1. Musiqa madaniyati ta'limining maqsad vazifalari 2. ta'lim mazmunining majburiy minimumi. 3. Bolalar ijrochiligini shakllantirish O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni, «Kadrlarlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta'lim tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlar umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi boshqa o'quv fanlari qatori musiqa predmetining o'qitilishini tubdan yangilashni talab etmoqda. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuniga ko'ra, 9 yillik umumiy o'rta ta'lim joriy etildi. Musiqa madaniyati o'quv predmeti o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va baiiy didni o'stirishga, firk doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham davlat ta'lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to'laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo'shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o'z aksini topdi. Musiqa sananitining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo'lib etishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bo'lib xizmat qiladi. Musiqa ta'limidan davlat ta'lim standartlari asosida yangi mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqiollik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. Shu bois, musiqa madaniyati ta'limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy murosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishni nazarda tutadi. Bunda o'quvchilar musiqa san'atini butun nafosati bilan o'rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo'lib qo'shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisobdalandi. Shuningdek o'quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqa san'atiga qiziquvchi o'quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, ularni badiiy ihtiyojlarini qondirish musiqa ta'lim - tarbiyasini asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jahon xalqlarining umuminsoniy qadriyatlarini ham chuqur o'rganish yosh avlodni xalqaro nufuziga molik bo'lgan madaniy dirdonadaridan bahramand bo'lishni ta'minlaydi. ta'lim mazmunining majburiy minimumi. Musiqa madaniyati o'quv fanining mazmuniga bo'lgan minimum talablar nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi mavzularni belgilaydi. Boshlang'ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochiligi, ashula, xor, ansambl, orkestr va sinfonik orkestrlar faoliyati, musiqiy sahna sasrlari, xalq va prfissional musiqasi, bastakorlar va kompozitorlar ijodini o'zbek xalq cholg'u asboblaridan bilishini mashhur o'zbek xalq sozanda va xonandalar ijodi, faoliyati, musiqiy atama va iboralari, musiqiy janrlari, ustozona, mumtoz musiqa, Sharq xalqlari musiqasi va jahon xalqlari musiqasi ularning taniqli namoyondalari, maqom va shashmaqom, uning mashhur ijrochilari faoliyati o'zbek musiqasida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.72 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.72 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: doc