Musiqa to'garaklari, maqomchilar dastasi

Musiqa to'garaklari, maqomchilar dastasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Musiqa to'garaklari, maqomchilar dastasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Musiqiy to'garaklar. 2. Xor to'garaklari. 3. Cholg'uchilar ansambli. 4. Folklor dastalari. 5. Bolalar musiqali teatri. 6. Maqomchilar dastasi. Musiqiy to'garaklar. Umumta'lim maktablarida musiqiy tarbiya ishlari haftada 1 soat hajmida o'tkaziladigan musiqa madaniyati darslari doirasida chegaralanib qolmasligi lozim. Bu ishlar sinfdan tashqari musiqiy to'garaklar faoliyati davom ettirilib borilishi zarur. Sinfdan tashqari ishlar puxta rejalashtirilib musiqa darslari bilan uzviy bog'iq holda olib boriladi. Sinfdan tashqari ishlarda qatnashish o'quvchilarning o'zlari qiziqqan mashg'ulotlari bilan chuqurroq shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Qiziquvchan o'quvchilar shug'ullanuvchi o'qituvchida mumkin qadar ko'proq o'quvchi jalb etish, mustaqil ishlash va ijodiy faolligini yanada shakllantirish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar paydo bo'ladi. Musiqa bo'yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o'qituvchi quyidagilarga alohida etibor qilishi lozim: sinfdan tashqari musiqiy mashg'ulotlarning barcha turlari o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hamda musiqiy did va qiziqishlarni shakllantirishga qaratilishi kerak. turli xil usullardan keng ko'lamda foydalanish orqali o'quvchilarning musiqiy tasavvurlarini, ijodiy qobiliyatlarini o'stirib borishi kerak: o'quvchilarni to'garaklarga jalb etish orqali ularda ta'lim sohasiga nisbatan hurmat va etibor kabi his-tuyg'ularini tarbiyalash kerak. Sinfdan tashqari to'garak ishlarining mivaffaqiyati ko'proq ularning qiziqishlarini inobatga olib to'garakning zarur turiga jalb etilishiga bog'liq bo'ladi. Umumta'lim maktablarida asosan xor jamoasini maqomchilar dastasi, cholg'uchilar ansambli, VMA tuzish, folklor dastalarini tashkil etish zaruriy natijalarni beradi. Chunki bu guruhlarga imkon darajasida ko'proq o'quvchilarni jalb etish mumkin bo'ladi. Xor to'garaklari. Xor jamoalariga o'quvchilarning yoshini etiborga olgan holda tanlab olish zarur. Masalan I-IV sinf o'quvchilarini alohida guruhlarga to'plash kerak. Umummaktab xor jamoasini tashkil etish va rejalashtirilgan asarni o'rgatish esa katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Xor jamoasini tashkil etish avvalo qiziquvchilarni shu jamoaga jalb etishdan boshlanadi. O'qituvchi odatda o'z fikriga ko'ra muvaffaqiyatli shug'ullanib ketaoladigan o'quvchilarni jalb qilishga harakat qiladi. Qobiliyati sal pastroq darajada bo'lsa ham, qiziqishi va hohishi bor o'quvchilar xorda qatnashish istagini bildirsalar qabul qilish lozim. Chunki tajriba shuni ko'rsatadiki, har bir sog'lom bolada musiqiy qobiliyatni shu jumladan kuylash malakasini shakllantirish mumkin. Xorga kiruvchi o'quvchilarning ovoz diapazoni va kuylash malakasining qay darajada ekanligini aniqlash uchun ularga musiqa jo'risiz birorta o'zi sevgan qo'shiqni kuylab berish taklif etiladi. Agar o'quvchi qo'shiq tanlashda qiynalib qolsa o'qituvchining o'zi biror mashhur, lekin o'quvchining yoshiga mos keladigan qo'shiqni eslatadi. Qo'shiqni musiqa asbobi jo'risiz ijro etganda ovozning sifat darajasini aniqlash oson bo'ladi. So'ngra o'quvchining to'liq musiqiy qobiliyatini bilish uchun shu qo'shiqni har xil pardalardan ijro ettirish va shu ohanglarga moslab qarsak chaldirib ko'riladi. Shu tariqa o'quvchining eshitish, kuylash kabi qobiliyatlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'linadi. Kichik yoshdagi o'quvchilar ancha uyatchanligi va uncha faol bo'lmaganligi sababli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.93 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.93 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga