Muslihiddin Sadiy. Guliston (Sadiyning guliston asari)

Muslihiddin Sadiy. Guliston (Sadiyning guliston asari)

O'quvchilarga / Pedagogika
Muslihiddin Sadiy. Guliston (Sadiyning guliston asari) - rasmi

Material tavsifi

Muslihiddin Sadiy. Guliston Muslihiddin Sadiy Sharq mumtoz madaniyatining yirik namoyandalaridan biri bo'lib, uning nomi butun dunyoga mashhur. Bu buyuk allomaning to'liq ismi Abu Abdulloh Mushrifiddin ibn Muslihiddin Sadiy Sheroziy bo'lib, Sharq va G'arbda Shayx Sadiy degan nom bilan ulug'lanadi. Donishmand shoir Muslihiddin Sadiy ijodining dovrug'i Sherozdan Qashqargacha, Xitoy, Hindiston va Misrdan Shimoliy Afrikagacha yoyilgani bois unga Shayx, yani, ustoz nomi berilgandir. Olim va tarjimon Sh.Shomuhammedovning takidlashicha, mutafakkirning nomi, tug'ilgan yili, taxallusi turli manbalarda turlicha ko'rsatilgan. Xususan, ayrim manbalarda allomaning nomi Mushrifiddin ibn Muslihiddin Abdulloh, boshqa manbalarda esa Muslihiddin Sadiy Sheroziy deya keltirilgan. Alloma tavallud topgan yil ham turlicha ko'rsatiladi. Chunonchi, mazkur sana bazi manbalarda hijriy 580 (milodiy 1184), hijriy 589 (milodiy 1193) hamda milodiy 1204 yil tarzida qayd etiladi. Adibning o'ziga Sadiy taxallusini tanlashiga ham tadqiqotchilar turlicha yondoshadilar. Ana shunday yondashuvlarning birida mutafakkir mazkur taxallusni forslar orasida mashhur bo'lgan hamda Otabek hokimlari sulolasini boshlab bergan Sad binni Zangi nomi asosida tanlaganligi qayd etilsa, yana bir boshqa o'rinda esa ushbu sulolaning vakili hisoblangan Sad II, yani, Sad ibn Abubakr nomiga nisbat berish tarzida qabul qilganligi etirof etiladi. Muslihiddin Sadiyning umumiy yoshi xususida ham turlicha fikrlar mavjud, Ayrim tadqiqotchilar allomaning 102 yoshga kirib vafot etganligiga urg'u bersalar, boshqa bir tadqiqot natijasi adibning 120 yil umr kechirganligidan dalolat beradi. Aksariyat manbalarda mutafakkirning vafoti yili hijriy 691 (milodiy 1291-1292) yil deb belgilangan1. Muslihiddin Sadiy ko'hna Eronning qadimiy shahri sanalgan Sherozda tug'iladi. Uning otasi Sheroz hokimi Otabek Sadiyning mulozimlaridan biri bo'lgan. Yosh Muslihiddin otasidan erta ajraladi. Shu bois unga saroy nafaqasi belgilanadi. Muslihiddin boshlang'ich ma'lumotni Sheroz shahrida oladi, so'ngra Bag'dod shahriga borib, u yerda mashhur Nizomiya madrasasida tahsilni davom ettiradi. U madrasada ta'lim olish chog'ida arab va fors tillari grammatikasi hamda adabiyotlari asoslarini chuqur o'zlashtiradi. Sharq falsafasi asoslarini katta qiziqish bilan o'rganadi. Madrasada tahsil muddatini tamomlagach, Sharqning eng mashhur, shu bilan birga ilm-fan va madaniyat o'choqlariga aylangan shaharlar bo'ylab sayohatga chiqadi. Qadimgi tazkirachilar Muslihiddin Sadiy kechirgan umr yo'lini quyidagi bosqichlarga bo'ladilar: Muslihiddin Sadiy 1255 yilda sayohatdan Sheroz shahriga qaytib dunyo g'ovg'alaridan chetda, shahar chekkasida joylashgan Shayx Abu Abdulloh Xafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi. Muslihiddin Sadiy tomonidan yaratilgan barcha asarlar 19 bo'limdan iborat kulliyotida to'plangan. Bu to'plam uning vafotidan 37 yil o'tgandan so'ng Abubakr Besutun degan kishi tomonidan to'plangan. Biroq keyinchalik nomi qayd etilgan ana shu muallif kulliyotni qaytadan tuzib, g'azal va boshqa mayda sherlarni radifi va qofiyasiga muvofiq alfavit tarzida joylashtirib chiqqan, ushbu kulliyotga allomaning to'rtta devoni (g'azallar to'plami) kiritilgan. Kulliyotning tarkibiy tuzilmasidan joy olgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.48 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.48 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga