mustaqil fikr va aql tarbiyasi, kasbiy fikrlash Reja: 1. mustaqil fikrlashda tarbiyaviy ish 2. Aklni tarbiyalashda oila, boshlang'ich tarbiya muassassalari, o'rta va oliy maktablarning o'ziga xos xususiyatlari 3. Muammoli vaziyat yaratish. Muammoli ta'limning maqsad va mohiyati 1. mustaqil fikrlashda ta'lim-tarbiya jarayoni Tarbiya tarbiyalanuvchining ruhiyatiga tarbiyachiga makul bo'lgan sifatlarni singdirish uchun, maqsadga muvofik tarzda va muntazam ravishda ta'sir etishdir. Shuning uchun tarbiya avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni takozo etadi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topib boradi.hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta'sir ko'rsatishi emas, balki tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri Bilan hamkorlikdagi munosabtlari va o'zaro ta'sir ko'rsatishi ekanligi alohida takidlanadi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo'lgan insonni emas, balki ijodkor, o'z istedodi bilan ajralib turuvchi, ishbilarmon, xar tomonlama rivojlangan komil insonni tarbiyalash zamon takozosidir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi,g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga,jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o'zlashtiradi: bu o'zlashtirishda uning ongli harakati, tirishkokligi katta a x amiyatga ega bo'ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko'rsatmasalar tajriba va bilimni o'zlashtira olmaydilar. Bolalaning yoshi ulgaygan sari bu faollik tobora ko'prok mustaqil xususiyatlarga ega bo'lib boradi; tarbiyalanuvchilar o'zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o'z-o'zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga ko'nika boradilar. Tarbiyaga barcha davrlarning ilg'or kishilari yuqori baho berganlar. xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zavkiy, Furkat, Avaz O'tar, Xamza, Abdulla Avloniy kabilar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bilganlar. Tarbiya jarayoni o'z-o'zini tarbiyalash bilan mustahkam boglangan. O'z- o'zini tarbiyalash kishining o'z shaxsini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatidir. O'z-o'zini tarbiyalash to'gri tarbiya berish bilan birga sodir bo'ladi va ayni vaqtda to'gri tarbiya natijasi hisoblanadi. O'z-o'zini tarbiyalashning muvaffakiyatli bo'lishi uchun xar bir kishi o'z-o'zini to'gri baholay bilishga o'rganishi, hayotda o'zi intilishi lozim bo'lgan idealni aniq tushungan holda o'zidagi ijobiy sifatlarni va mavjud kamchiliklarni ko'ra olishi muhim ahamiyatga ega. Tarbiyalash jarayoni -bilish, istak, bajara olish va harakat qilishdan iborat. ta'lim jarayonida to'gri usul tanlar ekanmiz, ko'zlangan natijaga komil ishonch va qisqa yo'l bilan erisha olamiz. O' kitishning samarali borishi, o'quvchi-talabalarning xar bir fanni chuqur o'zlashtirib olishlari, shuningdek ular bilimlarni ongli va mukammal egallashlari uchun hamda yoshlarda mustaqil va ijodiy faoliyat-fikrlarining rivojlanishiga bevosita o' k ituvchining ta'lim usullaridan keng va moxirona foydalana olishiga bog'liqdir. ta'lim jarayonida malum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bo'lishi yangi-yangi usullarni keltirib chikaradi. Abu ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.47 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.47 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:26 ]
Arxiv ichida: doc