mustaqil ish tushunchasi Reja: 1. Talabalarga mustaqil ishlashni o'rgatish. 2. huquq fanining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari 3. huquqiy tarbiya, uning mazmuni va tamoyillari 1. Talabalarga mustaqil ishlashni o'rgatish O'tilgan mavzular talabalarga etarli darajada tushunarli bo'lishi uchun ularni mustaqil ishlashga o'rgatish lozim. huquqiy normalarni mustaqil o'rganish har xil bo'lishi mumkin. Masalan, referatlar, kurs ishlari yozish, talabalar ilmiy konferensiyalarda ma'ruza qilishi, huquq to'garaklarida ishtirok etish, olimpiadalarda katnashish va xokazo. Referat yozishdan oldin talaba referat matnini tanlaydi, unga reja tuzadi, tegishli adabiyotlar bilan tanishadi. Referat tanlagan matnga mos va uning asosida tuzilgan rejani yoritishi shart. Talaba referatni yozganda bu uning ilmiy izlanishi, ilmiy salohiyatining natijasi ekanligini anglab etishi lozim. Ayrim talabalarga dars o'zlashtirmaganliklari, darsni barbot etganliklari uchun o'qituvchi maxsus ma'ruza matnlari bo'yicha referat yozib kelishni topshirib, koldirgan darsni o'rganib olishni maqsad qilib ko'yishi mumkin. 2. Kurs ishi Kurs ishi. Kurs ishi xamma talabalarga yozdirilmaydi. Masalan, Nizomiy nomidagi TDPU da fakat bo'lajak huquqshunos pedagoglar tayyorlanuvchi mutaxasislikda kurs ishi yozish rejalangan. Kurs ishi mavzusi o'quv yili boshida talabalarga berilishi lozim. Kurs ishi mavzulari «huquqshunoslik» kafedrasining majlisida tasdiklanadi. Odatda kurs ishi mavzulari o'tiladigan fanlardan talabalar o'zlari tanlanishi maqsadga muvofikdir. Chunki talabalar u yoki bu huquq sohasiga o'zlari kizikib, shu mavzuv bo'yicha ko'shimcha adabiyotlarni yaxshi bilishlari mumkin. o'qituvchi talabalarga xar bir mavzuning rejasini tuzishda, foydalanadigan adabiyotlar tanglashda yordam berib, ish yozish metodini tushuntirib, ish yozilishini vaqt-vaqti bilan kuzatib turishi kerak. Kurs ishi yozish davomida talabalar qonun yangiliklari, huquqiy hujjatlar bilan yanada yaqindan tanishadilar, huquqshunos olimlarning asarlarini o'rganadilar va o'zlari ma'ruza matnlarini yozib, shu mavzu bo'yicha ilmiy konferensiyada katnashishlari mumkin. 3. Ilmiy konferensiyalar Ilmiy konferensiyalarda ishtirok etib, ma'ruza bilan chiqish. Bu mustaqil ishning bir turidir. ma'ruza mavzusi konferensiyadan ikki -uch oy oldin tavsiya etiladi. Talabalar mavzu bo'yicha hujjatlar to'plab, kengaytirib tuzgan rejalari asosida ma'ruzani yozadi. Ilmiy rahbar vaqti-vaqti bilan konferensiyaga tayyorgarlikni nazorat qilib turishi va talabaning nutqini eshitib unga maslahat berishi lozim. ma'ruza matnini yozish, uni tayyorlashdagi izlanishlar talabaning mustaqil bilimga ega bo'lishida va malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, nutq boyligini oshiradi va unga ko'pchilik oldida so'zga chiqish uchun o'z ustida ishlash, kelgusida auditoriyaga kirib tinglovchilar oldida o'zini qanday tutish kerakligining darsi xam bo'ladi. mustaqil ishlash turlari juda ko'p. Uyga berilgan vazifalarni bajarishda, seminar mashg'ulotlariga tayyorlanishda, murakkab u yoki bu huquq sohasini o'rganishda talaba mustaqil ishlaydi. huquq fanining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari mustaqillik va istiqlol yo'lini dadillik bilan belgilab olib o'z kelajagini, huquqiy davlatni ko'rish, fuqarolik jamiyatini bunyod etayotgan O'zbekiston Respublikasida «ta'lim to'g'risidagi qonun», Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, jamiyatda huquqiy madaniyatni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.45 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.45 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc