Mustaqil ishlash va uni takomillashtirish metodikasi

Mustaqil ishlash va uni takomillashtirish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Mustaqil ishlash va uni takomillashtirish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Mustаqil ishlаsh vа uni tаkоmillаshtirish mеtоdikasi Reja: 1.Mustаqil ishlаsh mеtоdlаri vа uning аsоsiy turlаri vа funksiyalаri hаqidа tushunchа. 2.O'qitish jаrаyonidа mustаqil ishlаsh mеtоdlаrini tаnlаsh. 3.Mustаqil ishlаsh mеtоdlаrini tаkоmillаshtirishgа dоir umumiy xulоsаlаr. Muammoli o'qitish bu takomillashgan o'qitish texnologiyasidir. Hozirgi oliy maktabdagi samarador o'qitish texnologiyasi - bu muammoli o'qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o'qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o'qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o'qitishniig reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o'sib boradi. Hozirgi psdagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o'qitishning turli tarif va tavsiflar bor. Biznpngcha, nisbatan to'liq va aniq ta'rif M.I.Maxmudova tomonidan berilgan bo'lib, unda muammoli o'qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirsh) hisobga olingan o'rgatish va dars berish usullarini qo'llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo'lgan qiziqish va talab) tizimi sifatida izohlanadi. Muammoli o'qitishning mohiyatini o'qituvchi tomonidan talabalarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Ma'lumki, o'qitishning har qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qotidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayonni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishda ob'ektiv konuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi. O'qitishshshg hozirgi jarayoni tahlili psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziit, kutilgan xayrat va mahliyo bo'lishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko'rsatadi. O'qitish sharoitida insonning o'sha psixik, emotsional «hissiy holati unga fikrlash va aqliy ishlash uchun o'ziga xos turtki vazifasini bajaradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik «vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o'qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog'langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus takozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o'zlashtirilgan bilim izliri aa yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog'liq bo'la bermasligini ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashakqat muammoli bo'lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob'ekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma'lum bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi. Shuiday qilib, muammoni xosiyatining moxiyati shundaki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunishi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.3 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.3 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga