Mustaqil O'zbekistonda ijtimoiy hayot, ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar Reja: 1. Ta'lim tizimidagi muammolar va uni isloh qilish omillari. 2. O'zbekistonda fan va maorifning rivojlanishida «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ahamiyati. 3. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va ruyobga chiqarish bosqichlari. 4. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli. 5. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari 6. 1. Ta'lim tizimidagi muammolar va uni isloh qilish omillari. Kadrlar tayyorlash tizimning demokratik o'zgarishlar va bozor islohatlari talablariga muvofiq emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarining yetishmasligi, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro foydali integrasiyaning yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, yagoni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan boglanmagan. Maktabgacha ta'lim-tarbiyaning ahvoli qoniqarsizligichi qolmoqda.Bog'cha yoshidagi bolalarning 25 %gini maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi o'rtasida sezilarli tafovut mavjud. Maktablarda va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim jarayonining o'zidagi va o'qitish uslubiyotidagi xar-xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, talabalarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun etarli tayyorgarlik yo'q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o'z o'rnini aniqlay olmaydi.Ularda o'zlariga ishonch shakllangan emas. O'rta maktab bitiruvchilarining 10% gina oliy o'quv yurtlariga kirmoqda, xolos. Majburiy 9 yillik ta'limga asoslangan 11 yillik o'rta ta'lim ilmiy asoslanmagandir, u talabalarda kasbga yo'naltirish va ta'limning amaliy yunalganligi etarli darajada bo'lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko'nikmalari shakllanishini tahminlamayapti. Har yili tayanch maktablarining 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta'limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda. Ta'lim tizimidagi mavjud umum ta'lim va kasb-hunar dasturlari o'rtasidan uzviylik va vorislikning yo'qligi sababli tayanch va o'rta maktab bitiruvchilari kasbga yo'naltirilganlik va mehnat faoliyati ko'nikmalari shakllanmay qolmokda.Natijada yigit kizlar o'z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monandhayot yo'lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar. O'quv jarayoni bilim darajasi o'rtacha bo'lgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, ta'limning iktidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o'quv dasturlari bo'yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti. O'quv dasturlari mafkuraviy sarkitlardan tula xoli bo'lganicha yo'q, ualrda mahnaviyat va axloq asoslarini o'rgatuvchi, iqtisodiy, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga etarlichaurin berilmayapti. Hunar- texniki bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta'lim muassasalariga utish kuprok ogizda bo'lib, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.04 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.04 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc