Mustaqil O'zbekistonda sport

Mustaqil O'zbekistonda sport

O'quvchilarga / Pedagogika
Mustaqil O'zbekistonda sport - rasmi

Material tavsifi

Mustaqil O'zbekistonda sport O'zbekiston sporti milliy madaniyatimizning uzviy qismi hisoblanadi. U keng xalq ommasini yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashda va salomatligini mustahkamlashda muhim vositalardan biri bo'lib qoldi. Mamlakatimizda yashovchi xalqlar asrlar davomida xilma-xil jismoniy mashqlar va milliy musobaqalar turlarini yaratdiki, bu o'z navbatida yoshlarning jismoniy va ma'naviy tarbiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Sport O'zbekistonda ming yillar osha shakllanib kelgan qadimiy madaniyatning bir ko'rinishidir. Turli tumanlarda yashovchi ayrim urug'larning alohida jismoniy mashq va o'yinlari mavjud bo'lib, mazkur turlari muntazam rivojlanish tarixiga ega. Hozirgi kunda mamlakatimizda sportning 50 dan ziyod turi ommalashgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sportga doir bir qancha qarorlari sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shuningdek, maktablarda jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish, aholi o'rtasida sport madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sport targ'ibotini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tadbiq etishga kirishildi. Jumladan, O'zbekiston televideniyesining 4-chi kanali Sport kanaliga aylantirildi. Bolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari bo'yicha ta'lim tizimini takomillashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Sportchilarni ijtimoiy himoyalash masalalari qonun bilan mustahkamlandi. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqidan foydalanadilar. Sport sohasida juda katta yutuqlarga erishgan fuqarolar, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat ko'rsatgan sport ustozlari, sportchilarni taqdirlash maqsadida bir qancha faxriy unvonlar tasis etildi. O'zbek yurtidan jahonga dong taratgan sportchilar juda ko'p. XVII asrda yashab o'tgan buyuk shoir va kuragi yerga tegmagan polvon, xorazmlik Mahmud Pahlavon nomi abadiy qolgan. O'zbekistonda qadimdan sportning milliy turlaridan kurash, ot sporti, kamondan otish, dorboz o'yinlari kabilar ancha rivojlangan edi. Endilikda O'zbekiston jismoniy tarbiya va sporti oddiy jismoniy mashq va o'yinlardan zamonaviy Olimpiya sport turlariga qadar yuksak taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Vatanimiz shanini himoya qilib jahon chempionlari bo'lgan yurtdoshlarimizdan kurashda S.Qurbonov, B.Fayziev, S.Xodiev, R.Qozoqov, qilichboz S.Ro'ziev, basketbolchi R.Salimova, bokschi R.Risqiev, Artur Grigoryan, Olimpiya o'yinlari chempionlari E.Sadiy, S.Diomidov, polvonlardan M.Xadartsev, A.Fadzaev, Abdulla Tangriev, mashhur chavandoz M.Islomov, og'ir atletika bo'yicha jahon chempioni Erkin Karimov, shaxmat bo'yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, tennis bo'yicha Iroda To'laganova va boshqa ko'pgina sportchilar jahonga mashhur. Sport hozirgi jamiyatning yanada taraqqiy etishida yordam beruvchi davlatning qudratli vositasidir. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi yanada kengaydi. Respublika aholisining katta qismi sportning har xil turlari bilan shug'ullana boshladi. O'zbekiston hukumati jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta madad bermoqda. 1992 yilda qabul qilingan Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi qonun Mustaqil O'zbekiston Respublikasi qabul qilgan dastlabki qonunlardan biri bo'ldi, shuning natijasida o'quv yurtlarida, tumanlar, shaharlar, viloyatlarda umuman Respublikada jismoniy madaniyatni rivojlantirish umummilliy tusga kirdi. Mustaqillik yillarida qisqa vaqt ichida barcha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.75 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.75 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga