Mundarija: Kirish…….3 - 7 I.Bob. Mustaqil O'zbekistonda ta'lim samaradorligini oshirishdagi olib borilgan chora - tadbirlar va ularning natijalari. I.1. Ta'limdagi muammolar. Ta'lim to'g'risida qonunning qabul qilinishi……8 - 17 I.2. Mamlakatimizda ta'lim samaradorligi sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar. ……18 - 28 II.Bob. Ta'lim samaradorligi va kadrlar tayyorlash milliy dasturi. II.1. Kadrlar tayyorlash samaradorligida milliy modelning o'rni……29 - 36 II.2. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlashdagi samaradorlik va uning istiqbollari……37 - 55 II.3. Davlat umummilliy dastur: zaruriyat, maqsad va natija. …….56 - 80 Xulosa. ……81 - 83 Adabiyotlar ro'yxati…… 84 - 85 Kirish. Mavzuning dolzarbligi: O'zbekiston o'z mustaqiligini qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta'lim sohasida ham tubdan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida asosiy dolzarb masala bo'lib qoldi. Ma'lumki ota - bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lishi ilmu ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o'ylanmagan ishlarga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Maktab, ta'lim - tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo'lmish asosiy qonunimizda belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo'llab - quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir1. Eng nufuzli jahon mezonlariga javob beradigan mutaxassislar yetishtiradigan o'quv masalalari aksariyat markazda - Rossiyada joylashgan bo'lib, ittifoqdosh Respublikalar, xususan O'rta Osiyo mintaqasidan bu dargohlarga sanoqli vakillargina qabul qilinar, bunday imkoniyat chegaralangan edi. Milliy Respublikalarda noyob ixtisosga ega mutaxassislar yetishmaydi degan muammo sun'iy ravishda vujudga keltirilib, bu yurtlarga ming - minglab o'z odamlarini jo'natishar edi. Prezidentimiz I. Karimov Ta'kidlaganlaridek, o'sib kelayotgan avlod taqdiriga hech kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o'quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o'qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo'lishiga qayg'urish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunda oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi saviyasini jahon andozalari darajasiga yetkazish, xalq xo'jaligi mutaxassisliklarga bo'lgan talab va ehtiyojlarni ilmiy tahlil asosida aniqlash, xorijiy mamlakatlar tajribasidan oqilona foydalanish shu kunning dolzarb mavzusidir. Ilm - ziyo salohiyati, bu xalqning, vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir. Uni rivojlantirishda, yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda, davlat imkoni bo'lgan hamma ishni qiladi hech narsani ayamaydi1. Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta'limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o'quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta'lim uslublari butunlay o'zgartirildi. Eng zamonaviy, shu paytgacha bo'lmagan eng zarur ixtisosliklar bo'yicha alohida universitet va institutlar yangi o'quv muassasalari tashkil etildi. Ilg'or mamlakatlarning tajribalari asosida va chet davlatlar bilan hamkorlikda ko'plab litsey va gimnaziyalar ochildi. O'zbekistonda litseydan tortib akademiyagacha bo'lgan zamonaviy, yangi ta'lim tizimi vujudga keltirildi. Bugungi kunning eng dolzarb muammosi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
217.33 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
217.33 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc