Mustaqil O'zbekistonda ta'lim va pedagogik fikr taraqqiyoti

Mustaqil O'zbekistonda ta'lim va pedagogik fikr taraqqiyoti

O'quvchilarga / Pedagogika
Mustaqil O'zbekistonda ta'lim va pedagogik fikr taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Mustaqil O'zbekistonda ta'lim va pedagogik fikr taraqqiyoti Reja: 1. Mustaqillik va ta'lim tizimida islohotlar. 2. O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 3. O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi. . Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti. Mustaqillik va ta'lim tizimida islohotlar. Mustaqillik elon qilingan (1991 yil 1 sentyabr) dastlabki yillardanoq O'zbekiston hukumati ta'limga ustivor soha sifatida etibor berib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasida aniq va ravshan hamda ilmiy asoslangan davlat siyosati mavjud bo'lib, u insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonuniylashtirilgan. Mustaqil Respublikamizda xalq ta'limi tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. Chunki huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda asosiy maqsad ham barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ma'naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz hukumati xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilishni va milliy kadrlarga bo'lgan ehtiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib ta'lim tizimini ham yangilashni taqozo etar edi. Shu maqsadda 1997 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasida ta'lim to'g'risida Qonun hamda Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi keng muhokama qilindi va tasdiqlandi. 2. O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. ta'lim to'g'risidagi Qonun ta'lim, tarbiya fuqarolar kasbiy tayyorgarligi va har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion huquqini ta'minlash kabi qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Respublikamiz bugungi kunda tubdan yangi davlat bo'lib, unda har bir siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy sohadagi islohotlar ham yangi ta'lim tizimida bosqichma-bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta'lim sohasidagi islohotlar ham yangi bosqichma-bosqich o'tish tamoyiliga asoslangandir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo'lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish bo'lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi, tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir. Shunga ko'ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta'lim tizimini takomillashtirish, uni zamon talablariga javob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko'tarish maqsadiga etibor berib borilmoqda. ta'lim sohasida ta'lim to'g'risida Qonun qabul qilinganligi, 1996-1997 yildan boshlab birinchi sinflarda o'qishning lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda dastur, qo'llanma, dasrliklarning yaratilganligi - bu ta'lim sohasida qo'yilgan dastlabki odimlar edi. O'tgan davrda yangi turdagi ta'lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o'quv yurtlari qoshida litseylar ochildi. Qobiliyatli o'quvchilar chet ellarda ta'lim ola boshladi. O'qituvchilar xorijiy davlatlarda bo'lib, ilg'or tajribalarni o'rganib kela boshladilar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.25 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.25 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga