Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo'lida

Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo'lida

O'quvchilarga / Pedagogika
Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo'lida - rasmi

Material tavsifi

Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo'lida Reja: Kelajagi buyuk davlat qurishning muhim sharti. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menijmenti yo'nalishi haqida. Mustaqil Vatanimiz iqtisodiy islohotlar yo'lida. Siz minglab tengqurlaringiz bilan o'z hayotingizda ajoyib bir davrga - talabalik davriga birinchi qadam qo'ydingiz. Bilim egallashning, zamonaviy ixtisoslik va yuqori malakaga ega bo'lishning keng, mashaqqatli, shu bilan birga ilhombahsh yo'liga kirdingiz. Sizning bu qadamingiz jonajon Vatanimizning milliy istiqlolga erishgan, o'z taqdiri va taraqqiyoti yo'lini o'zi belgilab olgan, yurtimiz boyliklaridan faqat xalqimiz manfaatlari yo'lida foydalanayotgan hamda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida chuqur o'zgarishlar sodir bo'layotgan tarixiy davrga to'g'ri keldi. Yoshlikning jismoniy va aqliy kuchga to'lgan eng fusunkor pallasiga kirib bormoqdasiz. Mustaqil Vatan Sizga zamonaviy bilimlarning boy xazinasini tasarruf etish, oliy darajali mutaxassis bo'lib etishish, qobiliyatlaringizni to'la namoyon qilish uchun barcha imkoniyatlarni muhayyo etmoqda. Sizga kelgusida jamiyatda mo''tabar va munosib o'rinni egallash uchun shart-sharoit yaratmoqda. Har qanday uzoq yo'l birinchi qadamdan boshlanadi. Har qanday mevali daraxt o'z shox-butoqlarini quyoshga tomon qanchalik baland ko'tarib yuksaltirsa, uning ildizlari ham yer ostiga shunchalik chuqur kirib boradi. Sizning ilm-fan yo'lidagi birinchi qadamingiz, yoshlik o'ti chaqnab turgan kuch-g'ayratingiz manbai - bu o'z davlatingiz o'tmishi, hozirgi kuni va kelajagini yaxshi bilib olishga intilishdan iboratdir. Mana shuning uchun ham bugun Sizning yangi, ajoyib hayotingiz ramzi bo'lgan talabalik bileti bilan birga biz Sizga ushbu eslatmani ham taqdim etmoqdamiz. Unda Siz komil inson bo'lib etishishingizda qanday yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lish kerakligi haqida, mamlakatingiz, uning tarixi, butungi hayoti va rivojlanish istiqbollari to'g'risida, mustaqillik dushmani bo'lgan yovuz kuchlarga nisbatan ogoh bo'lishlikning zarurligi haqida hamda oliy ta'lim muassasalarining tarkibi, boshqarish tizimi, bo'linmalari, unda Sizning o'rningiz haqida qisqacha ma'lumot berilgan. Siz bu ma'lumotlarni qunt bilan o'qib chiqing va o'zlashtiring. Sizning mamlakatingiz buyuk davlatga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevral kungi O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Davlat rahbarining g'oyasi va tashabbusi bilan joriy etilgan, O'zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, dunyoning ilg'or demokratik davlatlari qatoridan joy olishi va jahon maydonida munosib o'rin egallashi asosiy maqsad etib belgilangan mazkur Strategiya mamlakatning yaqin istiqboldagi taraqqiyot yo'lining bosh ustuvor hujjati sifatida xalqaro jamoatchilik, nufuzli ekspert-mutaxassislar, davlat va jamoat arboblari, siyosatshunoslar tomonidan yuqori baholandi. Harakatlar strategiyasida O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi belgilab berilgan bo'lib, ularning har birida mamlakatda yangi bosqichdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini ta'minlashga oid aniq chora-tadbirlar o'z aksini topgan. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish deb nomlangan birinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.71 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.71 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga