Mustaqilligimiz tufayli maktablarda milliy o'yinlarimizga qaytish Reja: Allomalarimiz o'yinlar haqida. O'zbek xalq o'yinlari va ularning darsda qo'llanilishi. Maktablarda milliy o'yinlarga qaytishning davri kelganligi. O'zbek halq o'yinlarining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. O'yinlar xalqning o'zi singari qadimiy va boy tarixga ega. Xalq o'yinlarining nomlanishi va ularning o'ynalishi tarkibi to'g'risida turkiy zabon olim Mahmud Qoshqariy o'zini Devonu lug'otit turk asarida qimmatli ma'lumotlar keltiradi. Qashqariy keltirgan ma'lumotlar o'yinlarning tarixiy zaminiga va asosga ega ekanligini ko'rsatadi. Darhaqiqat o'yin nomlari va o'yinlarning uynalishi tarkibi avloddan-avlodga o'tib kelgan. SHunday savol tug'iladi qanday o'yinlari bo'lgan? O'zbek halqining shox asari hisoblangan.Devonu lug'atit turk da o'yinlar to'g'risida muhim ma'lumotlar keltiriladi. Afsuski, qadimiy o'yin nomlari tadbiq etilmagan, o'yinlarning uynalishi tartibi tiklanmagan. Qashqariy lug'atida zikr etilgan o'yinlar nomini va uning tartibini tiklash va tadbiq etish katta ahamiyatga ega. Zero, o'yinlar xalq madaniyatining ajralmas bir bo'lagidir. Devonu lug'atit turk da anchagina o'yinlarning nomlari keltirilgan. Ayrim o'yinlarning uynalish tartibi batafsil keltirilgan. Hozirgi kunda bolalar sevib uynayotgan yong'oq, poylama singari o'yinlar. X-XII asrlarda ham ommaviy bo'lgan. Bu hodisaning hozirgi nomi do'l Devonu lug'atit turk da yong'oq o'yini bilan bevosita bog'liq bo'lgan anchagina hodisalarining nomlari qayd etilgan. CHavgon haqidagi ma'lumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning SHoxnomasi da esa chavgon haqida voqea bayon qilinadi. M.Qashqariy o'yin nomini chavgon to'pini uradigan cho'p nomidan olinganligini ta'kidlaydi. CHavgon cho'pi shu nom bilan atalgan bo'lib fors-tojikcha so'zdir. Uning ma'nosi uchi egri, uzun tayoq degani. Qashqariy lug'atidan o'rin olgan bolalarning sevimli o'yinlaridan biri Ko'chirma o'yini ya'ni o'n to'rt degan o'yindir. yerga qo'rg'onga o'xshatib to'rtta eshik qilinadi. SHu eshiklardan yumaloq tosh yoki yong'oq tashlab uynaladi. Bu o'yinning uynalishi tartibi hozirda bolalar o'ynaydigan mak-mak ko'chmak o'yinlariga o'xshab ketadi. O'tmishda kattalar va kichiklar sevib o'ynagan o'yinlardan biri koptok o'yini bo'lgan. Qashqariy lug'atida koptok nomi tabiq deb berilgan. Koptok o'yinini ko'proq turk qavliga mansub aholi o'ynagan O'yin boshida kimki koptokni tayoq ayrisi bilan qattiq ursa o'yinni o'sha boshlagan. Qadimda rezina koptoklar bo'lmagan. Albatta ijodkor xalqimiz yung va ipak matodan chiroyli koptoklar (bo'lmagan, albatta ijodkor xalqimiz) uynashgan. Sigir, tuya, ot junidan koptok yasash uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblangan. Koptok bilan uynaladigan o'yinlarning turi xam ko'p bo'lgan. Mungiz-mungiz degan bolalar o'yini qo'yidagicha uynaladi. Bolalar birorta unga chuqur bo'lmagan chuqurga atrofida o'tirishadi. Sonlari orasida ho'l qum olib tuldiriladilar. So'ng qumni qo'llari bilan uradilar. Ulardan biri (ona boshi) munguz-mungiz) deydi.Qolganlar na mungiz deydilar. Ona boshi birin-ketin shoxli hayvonlar nomini aytadi, bolalar takrorlaydilar. Ona boshi shu nomlar orasiga tuya, ot va boshqa shoxi yo'q ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.08 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.08 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc