O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O'RTA MAXSUS, KASB - HUNAR TA'LIMI MARKAZI fidoiyNG BO'LGAYMIZ SYeNI, O'zbekiston! O'zbekiston RespublikaSI DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA OLTI YILLIGI MUSTAQILLIK DARSLARI UChUN USLUBIY QO'LLANMA Toshkent - 2017 Ushbu uslubiy qo'llanma Prezidentimizning 2017 yil 27 iyundagi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risidagi qarorida ko'rsatilgan vazifalar asosida O'zbekiston Respublikasida 26 yillik mustaqil taraqqiyot davrida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohada qo'lga kiritilgan salmoqli yutuqlar, amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ularning mano-mohiyati va ahamiyatini o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilariga yetkazish maqsadida Mustaqillik darslarini o'tkazish uchun ishlab chiqildi. Tuzuvchi: F.Sindarova - O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini Axborot-metodik ta'minlash xizmati yetakchi metodisti. Taqrizchilar: X. Yunusova - t.f.d.,O'zMU O'zbekiston tarixi kafedrasi mudiri. J.Abdurahmanova - t.f.n.,O'zMU qoshidagi 2-sonli akademik litsey o'qituvchisi. KIRISh 1991 yilning 31 avgust - tarixiy kunda mustaqilligimiz elon qilindi. Vatanimiz va xalqimiz o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini qo'lga kiritdi. O'tgan 26 yil mobaynida dunyo xaritasida O'zbekiston Respublikasi degan yangi mustaqil davlat paydo bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan o'zining munosib o'rnini egalladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik tuzum barpo qilishga kirishildi. Buning uchun siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan tub islohotlar amalga oshirildi. Mamlakat va xalq oldiga rivojlangan davlatlar safidan munosib o'rin olish vazifasi qo'yildi. Ana shu tarixan qisqa bir davrda juda katta va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo'l bosib o'tildi. Mustaqillik Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochdi. Davrlar o'tgani sari mustaqilligimiz tarixini o'rganish, bu ulug' nematga qanday erishganimiz mohiyatiga etish, istiqlolimiz qadrini chuqur anglashning ahamiyati tobora ortib boraveradi. O'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o'zgarib, obod bo'lib borayotgani, O'zbekiston o'zining barqaror iqtisodiy o'sish suratlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak etibor va etirofga sazovor bo'layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o'sib kelayotgan yoshlarga ertangi kunga ishonch bag'ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o'zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma'naviy olami, hayotga, mehnatga munosabati keskin o'zgarib bormoqda. Prezidentimizning2017 yil 27 iyundagi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risidagi qaroriga muvofiq, eng ulug' va eng aziz bayramni o'tkazish bo'yicha fidoiyng bo'lgaymiz seni, O'zbekiston! degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ'ibot-tashviqot ishlari o'tkazilishi belgilandi. Darhaqiqat, buyuk va bebaho nemat - mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o'tishi bilan tobora ortib bormoqda. Mustaqillik xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.33 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.33 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: docx