Mustaqillik darsi

Mustaqillik darsi

O'quvchilarga / Pedagogika
Mustaqillik darsi - rasmi

Material tavsifi

Mustaqillik darsi Biz hech kimdan kam emasmiz va hech qachon kam bо'lmaymiz! I.A.KARIMOV MAVZU: ENG ULUG' VA ENG AZIZ AYYOM Istiqlol va mustaqillik sо'zining ma'nosini tushuntiring. Mustaqillikka qachon erishdik? О'zbekiston mustaqilligining asoschisi kim? Aziz bolajonlar! 1991 yil 31 avgustda О'zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Dunyo xaritasida yana bitta yangi mustaqil davlat barpo etildi. Bu davlat - О'zbekiston Respublikasidir. Mana 21 yildan buyon 1-sentabr mustaqillik bayrami sifatida keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Bu biz uchun eng aziz va eng ulug' bayram hisoblanadi. Vatan sо'zi dunyodagi eng buyuk va eng muqaddas tushunchalardan biri, ona yurtning mustaqilligi ham shu qatorda e'zozlidir. Bundan bor yo'g'i 20-25 yillar oldin jannatmakon diyorimizdagi bugungi ulkan imkoniyatlar ota-bobolarimiz uchun ushalmas orzu bo'lgan. О'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni О'zbekistonning davlat mustaqilligi tо'g'risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. О'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо'mitasi va Markaziy nazorat qо'mitasining 28 avgustda bо'lgan qо'shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini tо'xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi о'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. Ana shunday vaziyatda О'zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991 yil 31 avgustda о'z ishini boshladi. О'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash lozim. Unda «О'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tо'g'risida» hamda «О'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i tо'g'risida»gi masalalar kun tartibiga qо'yilib, qizg'in muhokama qilindi. Sessiyada О'zbekiston Prezidenti I.A. Karimov nutq sо'zlab, sobiq Ittifoqda sо'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy - siyosiy voqealarni, davlat tо'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular О'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, О'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik tо'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan sо'ng «О'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо'g'risida»gi qonunni qabul qildilar. Sо'ngra «О'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tо'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, О'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi О'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - О'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi». Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, rо'yobga chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - О'zbekiston Respublikasi paydo bо'ldi. О'zbekiston tarixida yangi davr - milliy istiqlol davri boshlandi. Islom Karimov - О'zbekiston mustaqilligining asoschisi. Islom Karimov-davlat va siyosat arbobi, О'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentidir. 1938 yilda Samarqandda tug'ilgan. О'rta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.12 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.12 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga