Mustaqillik yillarida ma'naviy-mafkuraviy hayotimizdagi tub o'zgarishlar

Mustaqillik yillarida ma'naviy-mafkuraviy hayotimizdagi tub o'zgarishlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Mustaqillik yillarida ma'naviy-mafkuraviy hayotimizdagi tub o'zgarishlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Mustaqillik yillarida ma'naviy-mafkuraviy hayotimizdagi tub o'zgarishlar. Istiqlol mafkurasiga ehtiyoj. Tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining yaratilishi. Milliy istiqlol mafkurasi, mohiyati va mazmuni, tarixiy va falsafiy asoslari. Milliy va umuminsoniy tamoyillari. Istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari. Istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g'oyasi, xususiyatlari, milliy mafkura va taraqqiyot. Mustaqillik yillarida ma'naviy -mafkuraviy hayotimizdagi tub o'zgarishlar. Jamiyatimiz o'z taraqqiyotida yangi bosqichga kirdi. Yurtimizda iqtisodiy va siyosiy erkinlashtirish jarayoni boshlandi. Bu jarayonni amalga oshirishda Milliy istiqlol mafkurasining roli katta. Xalqni yangi yo'ldan boshlab borish, uning qarashlari va orzu maqsadlarini bir yo'nalishga burish, kuchlarni uyg'unlashtirish uchun mafkura zarur edi. Negaki, 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida odamlar jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlar shiddati oldida birmuncha gangib qolishdi. Turli safsatalar, g'oyaviy kurashlar, »xonaki»va ajnabiy siyosatdonlar ko'payib ketdi. Bir maromdagi turmush va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik, to'qnashuvlar va parokandalik kayfiyatlari kuchaya bordi. Shunday paytda eng maqbul yo'lni tanlash, ma'naviy-ruhiy chanqoqlikni qondira oladigan, yetuk va barkamol g'oyani yaratish zarur edi. Masalaning yana bir tomoni ham bor edi. Bu uzoq yillar mobaynida hukmron bo'lgan g'oya va aqidalardan halos bo'lish, sobiq kommunistik g'oyalardan voz kechish, yangi mafkurani ishga solish lozim edi. Prezident I. A. Karimov birinchilardan bo'lib jamiyatda ma'naviy poklanish zarurligini, shu asosda miliy istiqlol mafkurasini yaratish lozimligini dolzarb fazifa qilib qo'ydi. Uning»O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asari istiqlol mafkurasi uchun nazariy asos, yo'l-yo'riq bo'ldi. I. Karimov 1993 yil 23 aprelida bir guruh adiblar bilan bo'lgan uchrashuvda istiqlol mafkurasini yaratish zarurligini takidladi. Prezidentning bu ko'rsatmasi asosida Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy o'quv yurtlarida, ijodkor ziyolilar uyushmalarida, jamoat tashkilotlarida seminar, konferensiya, davra suhbatlari o'tkazildi va ularda bildirilgan fikr-mulohazalar asosida konsepsiyalar ishlab chiqildi. O'zbekiston Fanlar akademiyasi ijtimoiy gumanitar fanlar bo'limi bu borada o'z qarashlarini ishlab chiqdi. Ijtimoiy fanlar jurnalida elon qildi. Milliy istiqlol mafkurasining negizini vatanparvarlik, erkinlik, milliy iftihor, insonparvarlik, baynalmilallik kabi xususiyatlar tashkil etadi. Istiqlol mafkurasi o'z mohiyati va negizlariga ko'ra mustaqillikni mustahkamlashga, mamlakatimiz barcha imkoniyatlarini buyuk maqsad sari yo'naltirishga qaratilgan. Shakllanayotgan milliy mafkura mamlakatimiz o'z oldiga qo'ygan ezgu muddao va vazifalarni aniq, ravshan aks ettirmog'i lozim. Toki har bir fuqaro qanday jamiyat, tuzum, davlat barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy yo'nalishi nimalardan iborat, - degan savollarga javob topa olsin. Bu masalalar I. Karimov asarlarida, hususan, «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» kitobida yoritilgan. Bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bu strategik maqsadlar jamiyat hayotiga dahldor bo'lgan quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi. Siyosiy sohada. Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish - mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning eng asosiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.36 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.36 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga