Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ta'lim tizimining isloh qilinishi

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ta'lim tizimining isloh qilinishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ta'lim tizimining isloh qilinishi - rasmi

Material tavsifi

«MUSTAQILLIK YILLARIDA O'zbekistonDA TA'LIM TIZIMINING ISLOH QILINISHI» KIRISH. I -BOB. O'zbekiston RespublikaSIDA TA'LIM TIZIMINING ISLOH QILINISHI. I-1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I, A, Karimov- ning ta'lim sohasini isloh qilish to'g'risidagi g'oyalari. I-2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining yaratilishi. II - BOB. TA'LIM TIZIMINING ISLOH QILINISHIDA KABUL qilingan QONUNLAR VA ULARNING TARIXIY AHAMIYATI. II-1. Ta'lim to'g'risidagi Qonunning shakllanishi va rivojlanishi. II-2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ahamiyati XULOSA. FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RUYXATI. Mavzuning dolzarbligi. Jahon tarixiy tajribasining guvohlik berishicha birorta ham xalq va millat ta'lim tarbiyaga e'tiborsiz taraqqiyotga erisha olmagan. Bugungi kunda ma'naviyatga, ta'lim - tarbiyaga, milliy kadrlar tayyorlashga birinchi darajali ahamiyat bermaydigan jamiyat, davlat, xalq va millat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni bartaraf etolmaydi. Xalqi ma'naviy, ma'rifiy jihatdan yetuk bo'lmagan mamlakat tabiiy - iqtisodiy boyliklariga behisob, harbiy jihatdan qudratli bo'lgan taqdirda ham buyuk davlat bo'la olmaydi. El - yurtiga, Vataniga sadoqatli, iymon - e'tiqodli, mard va jasur, malakasi yetuk, ma'naviyati yuksak insonlar, barkamol avlod har qaysi davlatning qudratli salohiyat manbasidir. Ana shunday noyob xislat va fazilatlarga ega bo'lgan insonlarni, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazgan xalq, albatta kelajakka ochiq ko'z, katta ishonch, umid va ixlos bilan qaray oladi. Ko'rinib turganidek, mustaqil O'zbekiston taraqqiyoti taqdirini ham ma'naviy jihatdan yetuk insonlar hal qiladi. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Ushbu mavzu bir nechta nomzodlik, magistrlik, bir nechta bitiruv malakaviy ishlar tayyorlangan va himoya qilingan va qilinmoqda. Lekin mustaqillik yilarida ta'lim sohasida amalgam oshirilgan islohotlarning mazmun -mahiyati va ularning tahlili alohida tadqiqot obyekti sifatida o'rganilmagan. Mazkur jihatlarni hisobga olgan holda biz usbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi sifatida tanlab oldik Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi mustaqillik yillarida ta'lim tizimidagi islohotlarni asosiy xususiyatlarini o'rganish va istiqlol davrida amalga oshirilgan o'zgarishlarni tahlil etishdan iboratdir. Ushbu masaladan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ta'lim sohasini isloh qilish to'g'risidagi fikr va g'oyalarini o'rganish va yosh avlod ongiga singdirish; a islohotlar mohiyatini ochib berish; O'zbekiston mustaqilligi arafasida ta'lim muammolari masalalarini tahlil qilish; Mutaqillik yillarida ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlarning mexanizmi va istiqbolini o'rganish; ta'lim to'g'risidagi huquqiy va me'yoriy hujjatlarning tahil qilish va mohiyatini hayotga tadbiq etish; ta'lim tizimidagi islohotlarda mavjud muammolarni ilmiy jihatdan o'rganish va tahil qilish natijasida olingan xulosalardan kelib chiqib, ilmiy hamda amaliy taklif hamda tavsiyalar berish. Tadqiqot obyekti va predmeti. O'zbekistonning istiqlol yillarida ta'lim tizimidagi islohotlarnining natija va muammolarini mamlakatimiz misolida o'rganish tadqiqot obyekti sifatida olingan. Ta'lim tizimining tarbiya bilan bog'liqligi va islohotlarning huquqiy-me'yoriy jihatlarini ilmiylik, xolislik, tarixiylik jihatdan izchil o'rganish va tahlil qilish tadqiqot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 979.51 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 979.51 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga