Mutaffakkir olimlarning kasb hunar ta'limi haqidagi fikrlari Reja: Ibtidoiy jamiyatda dehqonchilik turli kasb-hunarlar paydo bo'lishi. Zamonaviy tarbiya haqida tushunchalar Ibtidoiy jamiyatda dehqonchilik turli kasb-hunarlar paydo bo'lishi. Eng qadimgi VII asrgacha bo'lgan davrda o'qituvchi, ustoz, tarbiyachi faoliyati, mahorati, ularning jamiyatdagi o'rni, haqida to'xtalib o'tish lozim. Ibtidoiy jamoa davrida jamiyatdagi kishilar yosh jiatdan 3 guruhga bo'linar edi. Bolalar va o'smirlar. hayot mehnatining to'la qimmatli va to'la huquqli ishtirokchilari. Keksalar. Yangi tug'ilgan bolani jamoadagi keksa kishilar boqib o'stirardilar. Bola tegishli biologik yoshga to'lib, mehnat qilishni o'rganib, hayotiy bilim va malakalarni egallagandan so'ng to'la mehnatchilar guruhiga o'tgan. Ibtidoiy bola o'zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo'lib tarbiyalanar va ta'lim olar edi. O'g'il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan, qizlar esa ayollarning ishlarida qatnashardilar. Keyinchalik o'g'il bolalar uchun alohida, qizlapr uchun alohida tarbiya muassasalari - yoshlar uylari paydo bo'ldi. Bu yerda ulu oqsoqollar rahbarligida yashash, mehnat bo'yicha o'tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar. Ibtidoiy jamiyatda dehqonchilik turli kasb-hunarlar paydo bo'ldi. Shu bilan bog'liq ravishda tarbiya ham murakkablashib, ko'p tomonlama va rejali bo'la bordi. Bolalar tarbiyasi tajribali kishilarga topshiriladigan bo'ldi. Ular bolalarga mehnat ko'nikma va malakalarini o'rgatish bilan bir qatorda, paydo bo'lib kelayotgan diniy urf odatlarning qoidalari, naqllari bilan bolalarni tanishtirar, yozishga o'rgatar edilar. Sharqning barcha gumanistlari Rudakiy, Firdavsiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Nizomiy, Xofiz, Shayx Saodiy, Umar Xayyom, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kishilarni maonaviy go'zalligini, tengsizligini kuyladilar, insonparvarlik g'oyalarini olg'a surdilar. Ular yashab o'tgan davr ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlar avd olgan, tashqi dushmanlar xukumi tez-tez takrorlanib turgan, ideologik hayotda soxta targ'ibot ildiz otgan, xalq erksiz kashshoq holda yashagan, kitob va yozma manbaalar faqat ko'lda ko'chirib yozilgan davr edi. Ana shunday-ziddiyatli zamonla yashab o'z maqsadi, hayotini olg'a surgan, vazifalarni bajarishga kirishgan allomalar fan, madaniyat, tarix, ilmiy bilimlar soasida munosib o'rin egalladilar. Mutafakkirlar mustaqil dunyoqarash, sabr-matonat bilan o'tmish avlodlar bilimlarini chuqur o'rganib, o'zlari ham mehnat qilib turli fanlarda yangi tushuncha va xulosalar chiqara oldilar. Insoniyat tarixi, madaniyat fani o'zaro aloqadorligida o'sib, rivojlanib, boyib borishini isbotladilar. Ayniqsa pedagogika, psixologiya, etika fanlarining mustaqilligiga keng yul ochdilar. ta'lim-tarbiya, mulokat, odob-axloq, gumanizm, estetika tushunchalarini boyitdilar. Sharq mutafakkirlari va allomalarning ijodiy meroslarida o'qituvchitarbiyachi mahorati, ustoz-shogirdlik shartlariga ham alohida o'rin berilgan. Abu Nasr Farobiy - X asr sharq falsafiy fikrlarining eng yirik namoyondalaridan bo'lib, hayot, inson haqidagi ta'limotni dastlab yaratuvchilardan biri sanaladi. O'rta asrning bir qancha ilmiy yutuklari, umuman Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida taraqqiy parvar ijtimoiy, falsafiy tafakkur taraqqiyoti uning nomi bilan bog'liq bo'lgan. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.95 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.95 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc