Mutaxassis shaxsini shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish

Mutaxassis shaxsini shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Mutaxassis shaxsini shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish - rasmi

Material tavsifi

Mutaxassis shaxsini shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish «Odam», «Inson», «Shaxs» tushunchalari haqida ma'lumot. Odam tug'ilishi bilan o'zida insoniy xislatlarni shakllantira boshlaydi. Bu xislatlar shaxsiy xarakter, mijoz, hissiyot, diqqat, idrok va xotira ta'siridan o'tib, shaxsiy xislat tusini ola boshlaydi. Inson sekin - asta shaxs degan maqomga ega bo'ladi. Shaxslar egallagan bilimlari hajmi va odamlar taqdirini o'zgartira olish doirasiga qarab oddiy, kuchli va buyuk shaxslar toifasiga bo'linadilar. Ijtimoiy muhit moddiy va ma'naviy turlarga bo'linadi. Moddiy muhit kishi umri davomida yashab, ko'rgan - kechirgan moddiy olam taassurotlari kiradi. Bularga umri kechgan uy - joyining moddiy va madaniy holati, hududning madaniylashganligi, sayr - sayohat qilgan davrida olgan ma'naviy va estetik zavqi va boshqalar kiradi. ma'naviy muhit . ma'naviy muhit, deb kishining umri davomida uni o'rab turgan odamlarning g'oya, fikr, axloq va odobini ifodalovchi o'zaro munosabatlar majmuiga aytiladi. Ijtimoiy rivojlanish Ijtimoiy rivojlanish - bu odamning ruhiyati va vujudidagi ijobiy tomonga bo'lgan sifat o'zgarishlaridir. Albatta, rivojlanish jarayoniga kishining mehnat faoliyati, ta'lim va tarbiya tizimi hamda davlatning olib borayotgan siyosati faol ta'sir ko'rsatadi. Pedagogikada shaxs tushunchasi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko'plab ichki va tashqi ta'sirlar va omillar orqali ro'yobga chiqadi. Inson hayot ekan, butun umri davomida o'sib, rivojlanib, o'zgarib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko'zga tashlanadi. Shaxs rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar irsiyat, muhit, tarbiya Biologiyaning asosiy tushunchasi bo'lgan irsiyatning, yani bolaning nasl - nasabining roliga olimlarimiz alohida etibor bermoqda. Har bir bola insonlarga xos tug'ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug'ilgandan so'ng unda shaxs bo'lib shakllanishi, yetuk inson bo'lib voyaga etishi imkoniyati mavjud bo'ladi. Bola o'zining avlod - ajdodlaridan ko'pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan naslga o'tadi. Muhit - bu shaxsga ta'sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bularga: tabiiy muhit (geografik, ekologik), ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat), oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, yani shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muhim rol o'ynaydi. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja bilan shaxsga ta'sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to'g'ri ijobiy ta'sirini amalga oshirish imkoniyati tug'iladi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs. Prezidentimiz I.A. Karimov aytganidek: «Fuqarolar endi ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday yangicha yondashish pedagogika fanining obyekti va predmetini kengaytirdi. Endi pedagogika fani faqat ta'lim - tarbiya jarayonini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 43.91 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 43.91 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga