Mutaxassislik fani tizimi Reja: 1.Mutaxassislik fanlari tizmida metodika 2. Metodikaga qo'yiladigan talablar Metodika deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu - nazariy jihatdan qo'yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o'rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir. Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi bo'lib, insoni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to'g'risidagi hamda ta'lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fandir. Metodika - muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, qat'iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan o'rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika biror vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish, o'tkazish usullari, yo'llari majmuasidir. Metodika tushunchasi turli fanlarni o'qitish bilan ham bog'liklikda qo'llanilib, ma'lum sohani o'qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig'indisini o'zida ifoda etadi. Pedagog olim A.M.Stolyarenkoning fikricha, O'quv fanlarini o'qitish metodikasi ma'lum bir pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog'liq metod, metodik usullar, vosita va tashkiliy chora-tadbirlar majmuidir. G.M.Kodjaspirova, A.Yu.Kodjaspirovlarning fikricha, O'qitish metodikasi pedagogik faoliyatni amalga oshirishning aniq usullari, uslublari va texnikasidir. Metodika ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlash usullarining mazniun xususiyatlarini qarab chiqadi. Ma'lumki, o'qitish jarayonida xilma-xil metodlar qo'llaniladi. Bu yerda ta'lim usuli, o'quv materiallarini joylashishi (o'quv reja, dastur), ta'lim prinsiplari va o'quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. O'qitish metodikasiga qo'yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi: aniqlik; asoslanganlik; rejalashtirilgan harakatning maqsad va vazifalarga mosligi; qayta ishlab chiqishga yo'nalganlik; hayot bilan uyg'unlik; 6) natijaviylik. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o'qitish metodikasi o'zida quyidagilarni aks ettiradi: ta'limning maqsad va vazifalarini - ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, tashkiliy; ta'limning qonuniyat va tamoyillarini; ta'lim mazmunini; ta'limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini; ta'limning umumiy va xususiy metodlarini; o'quv vositalari; - o'qitish natijasini. E'tiboringiz uchun rahmat ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
294.81 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
294.81 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: pptx