Mutaxassislik fanlaridan darslarni taqvimiy rejalashtirish Reja: Darsni rejalashtirish turlari Mutaxassislik fanining alohida mavzulari bo'yicha darsni rejalashtirish qoidalari Darsning taqvimiy rejasi sxemasini tuzish Darsning samaradorligi uning material va metodik jihatdan tayyorgarlik sifati va rejalashtirishiga bog'liq bo'ladi. Dars - yaxlit tizim, uning tuzilish jarayonida ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar, mazmun, shakl, uslub va vazifalari yuzaga chiqadi. Yaxlit tizimni tuzish uchun o'qituvchi darsni rejalashtirish kerak, unga yaxshi tayyorgarlik ko'rish kerak. Rejalashtirish ikki xil bo'ladi: mavzuning taqvimiy rejasi; darsning taqvimiy rejasi. Taqvimiy reja - birinchi navbatda dars tizimi va darsdan tashqari mashg'ulotlarda asosiy funksiyalar (ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)ni amalga oshirishga optimal yo'lni tanlashga xizmat qiladi. Darsning taqvimiy rejasi - mavzuning taqvimiy rejasidan farq qiladi va unda har bir darsning o'quv va o'quv materiali mazmuni aniq ifodalandi, o'quv materialini malum bir vaqt oralig'ida o'rganish tartibi, usullari ko'rsatiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari bilan qurollangan, texnologik jarayonlar harakatining umumiy prinsiplarini tushunadigan yangi tipdagi mutaxassislarni shakllantirish faqatgina o'quv predmetlarining fanlararo va mavzulararo aloqadorligidan foydalangan taqdirdagina amalga oshadi. Darsning taqvimiy rejasida - dars rejasi har bir mavzu bo'yicha darslar tizimi qatiy mantiqiy ketma-ketlikda beriladi. Bunday reja o'qituvchiga oldindan zaruriy o'qitish vositalarini tanlash, predmetlarning o'zaro aloqadorligini hisobga olish va ularni amalga oshirish, o'quv materialini bayon etishning turli metodlari va vositalarini o'zgartirib turish imkonini yaratadi. Darslarni taqvimiy rejalashtirish darsni samarali tayyorlash va o'tkazishda imkon beradigan barcha narsalarni oldindan nazarga olish imkoniyati va zarurligini ta'minlashi lozim. O'qituvchida material to'plash, dars o'tkazishning muvaffaqiyatli usullarini qayd qilib qo'yish, o'z ishining natijalarini tahlil qilish, ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish va o'quv jarayoniga tadbiq etish, o'z faoliyatini takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi. Darsning taqvimiy rejasi uzoq foydalanadigan hujjat hisoblanadi, shuning uchun muntazam ravishda takomillashib borishi kerak. Mutaxassislik fanining alohida mavzulari bo'yicha o'quv ishini rejalashtirish uchun quyidagi masalalarni puxta, mukammal o'ylab ko'rish zarur: har bir mashg'ulotning aniq maqsadi (talabalarda qanday yangi tushunchalar, tasavvurlar va g'oyalarni shakllantirish kerak, talabalar qanday texnologiyalar, uskunalar va asboblarni o'zlashtirishlari lozim, talabalar qanday bilim va ko'nikmalarni yaxshi o'rganib olishlari lozim); ilgari o'rganilgan fanlar hamda mazkur fan mavzulari o'rtasidagi aloqa (talabalarga malum bo'lgan materialni yangi yuqori ilmiy saviyada takrorlamaslik, balki undan yangi tushuncha va tasavvurlar shakllantirish uchun foydalanish maqsadida); tushuntiriladigan yangi o'quv materialining amaliy yo'nalishi (nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi); muayyan sharoitlarda ta'lim jarayonida ta'lim berishning turli metodlari va usullaridan birga foydalanish; ko'rgazmali qurollar, ta'lim berishning texnik va dasturlashtirilgan vositalari hamda o'quv mashg'ulotlarining turli bosqichlarida ulardan foydalanish metodikasi; talabalarning mustaqil ishini rag'batlantirish va tashkil etish (mustaqil ishlarni uyda, maxsus laboratoriyalarda, o'quv qo'llanmalari va maxsus adabiyot ustida bajarish, kompyuter ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.96 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.96 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc