Mutaxassislik fanlaridan mummoli darslarni tashkil etish va o'tkazish

Mutaxassislik fanlaridan mummoli darslarni tashkil etish va o'tkazish

O'quvchilarga / Pedagogika
Mutaxassislik fanlaridan mummoli darslarni tashkil etish va o'tkazish - rasmi

Material tavsifi

Mutaxassislik fanlaridan mummoli darslarni tashkil etish va o'tkazish Maxsus fan o'qituvchisi yangi bilimlarni shakllantirish jarayonida doimo tayanch bilimlarga asoslanadi va ularni faollashtirish maqsadida o'quv materialini takrorlaydi va u ko'pincha muammoli o'sishni qo'llaydi. Bu usulga ko'ra bilimlarni o'zlashtirish hamda malaka va mahoratni shakllantirish talabalarning mustaqil va amaliy faoliyati orqali amalga oshiriladi. Talabalar eslab qolish uchun tayyor bilimlarni olibgina qolmay, balki mazkur bilimlarni mustaqil ravishda egallashni ham o'rganadilar. Talabalar aqliy faoliyatining sinchkovlik, chiqarilgan xulosalarni isbot qila olishlik hamda ularning to'g'riligiga dalillar keltira bilishlik singari muammoli ta'lim berish usuli talabalarni faollashtirishning muhim shaklidir. Muammoli ta'lim berishning asosiy elementlari: Muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish; Muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish usullarini izlash; Muammoni hal etish jarayoni va xulosalarning to'g'riligini amaliy jihatdan tekshirish. Talabalarning oldiga ularda qiziqish va uni hal etishga havas uyg'otadigan vazifa qo'yiladi, biroq ularning bilim va tajribalari etarli emasligi malum bo'ladi, yani muayyan mushkullik yuzaga keladi. Talabalar vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yo'lini izlashga ichki ehtiyojni his etadilar. Mushkul ahvolni his etish vaziyatni tahlil qilishga, izlanishga undaydi. Bilishga oid yoki amaliy vazifa bilan jadal fikrlash faoliyatiga sabab bo'luvchi talabalarning bilish darajasi o'rtasida qarama-qarshilik vujudga keladi. O'qitishning muammoli usulini uch bosqichga bo'lish maqsadga muvofiqdir: 1-bosqich. Qo'yilgan muammoni o'qituvchining o'zi hal etadi, chunki mustaqil ravishda hal etish uchun talabalarda hali bilim ham, malaka ham yo'q. 2-bosqich. Muammoni hal etishga talabalar jalb etiladi. Ular yechimning bazi elementlarini mustaqil ravishda bajaradilar. 3-bosqich. Butun vazifa yoki muammoni o'qituvchi rahbarligida talabalar hal etadi. ta'lim berish jarayonida talabalarni faollashtirish muhim shakldir. Uning asosiy elementlari - muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish. O'qituvchi mazkur muommoni talabalar bilan birgalikda hal etgan holda talabalarni yangi axborot olamiga olib kiradi. Muammoli vaziyatlarning ishlab chiqilgan izchilligi o'ziga xos dars rejasini ifodalaydi. O'qituvchi muammoli masalalarni va butun bir muammoni hal etish uchun axborotni saralyadi. So'ngra muammoli vaziyatlar o'rtasidagi o'zaro aloqani puxta o'ylab ko'rib, diqqat-etiborni ana shu aloqalarga alohida jalb qilishi zarur. Ushbu darsga o'qituvchini tayyorlashning navbatdagi bosqichi muammoli vaziyatlarni shakllantirish uchun kerak bo'lagn ko'rgazmali qurollarni tanlashdan iborat. So'nggi bosqich esa talabalarning mustaqil ishlashlari uchun topshiriqlarni puxtalik bilan tayyorlashdan iboratdir. Har bir darsning surati va tuzilishi shunday bo'lishi lozimki, bunda talaba dars mazmunini qisqacha yozib olishga ulgurishlari kerak. Muammoli ta'lim berish elementlari asosida tuzilgan darsda ham odatdagi darslardagi kabi darsda hal etilayotgan muammoga muvofiq keladigan kinoyali mulohaza hamda hazillarga yo'l qo'yiladi. Biroq bularning hammasi me'yorida bo'lishi va ularni mohirlik bilan o'z o'rnida qo'llay bilish kerak. Muammoli darsni tashkil etish va o'tkazishni quyidagi malum bir mavzu bo'yicha ko'rib chiqamiz. Mavzu: Qand va bijg'ish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.51 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.51 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga