Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja: Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi fanining asosiy vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil fevral oyidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma'ruzasida Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqoralar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi deb takidlab o'tganlar. Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustda bo'lib o'tgan IX sessiyasida muhokama etilib, qabul qilingan, hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o'zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko'tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor bo'lgan qonunlar - «ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni izchil amalga oshirish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy modeli shakllantirildi. Uning asosiy tarkibiy qismlari kuyidagilardan iboratdir: Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat vya jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta'lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi; fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi. Mazkur milliy modelning asosiy elementlaridan biri bo'lgan uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbordosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega. Bakalavriat - ta'lim yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, o'qish muddati kamida turt yil bo'lgan tayanch oliy ta'limdir. Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so'ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo'yicha «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Magistratura - aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.45 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc