Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodlari va tashkiliy shakllari Reja: 1. ta'lim metodlari 2. ta'lim modeli 3. ta'limning an'anaviy metodlari 4. Darsga qo'yiladigan tashkiliy talablar ta'lim metodlari o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishish usullari hamda o'quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo'naltirish yo'llarini anglatadi. ta'lim metodi - o'quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo'naltirilgan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikda faoliyati usuli bo'lsa, ta'lim metodikasi - muayyan o'quv predmetidagi o'qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi. O'qitish metodi o'qitish jarayonida o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish masalalarini yechishga yo'naltirilgan ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining tartibli bir-biriga bog'langan faoliyatini anglatadi. O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o'quvchilar qanday ish harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi. O'qitish metodlari o'quv jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Faoliyatning tegishli metodlarisiz ta'limning maqsad va vazifalarini o'quv materialining muayyan mazmunini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishga erishib bo'lmaydi. ta'lim modeli - ta'lim jarayoni tuzilmasidir. ta'lim modellari ikki turga ajratiladi: an'anaviy ta'lim modellari Noan'anaviy ta'lim modellari Noan'anaviy ta'lim modellarini quyidagilarga ajratish mumkin: hamkorlikda o'rganish Modellashtirish Tadqiqot an'anaviy dars muayyan muddatga mo'ljallangan ta'lim jarayoni ko'proq o'qituvchi shaxsiga qaratilgan mavzuga kirish yoritish, muxokama qilish va yakunlash bosqichlaridan iborat ta'lim modelidir. an'anaviy ta'lim metodlari: - ma'ruza, hikoya, tushuntirish, laboratoriya, suhbat, mashq, amaliy - to'rt pogonali metodlar kiradi Noan'anaviy ta'lim metodlari: - Kichik metodlarda ishlash metodi; - bahs munozara metodi; - Davra suhbati metodi; - Ishbob o'yin; - loyihalash; - Yo'naltiruvchi matn; - Muammoli vaziyat; - Aqliy xujum; - Rolli o'yin. an'anaviy ta'lim metodlari: ma'ruza - katta xajmdagi o'quv materialini nisbatan uzoq vaqt davomida monologik bayon etishdir. Bu metodning asosiy vazifasi - ta'lim berish, o'rgatish. Belgilari: qatiy tuzilmaga ega; nutqiy-mantiqiy bayon qilish; berilayotgan axborotning ko'pligi. ma'ruzalar o'qituvchilarga o'quvchilar tajribasizlik tufayli etibor bermaydigan fanning muhim lahzalarini ajratib ko'rsatish imkonini beradi. O'quvchilar bilan o'qituvchining birgalikdagi ushbu faoliyatini tashkil etishning samarali shartlari quyidagilardan iborat: ma'ruzaning batafsil rejasini tuzish; ma'ruza rejasini eshittirish; rejaning har bir punktini yoritishdan so'ng qisqacha umumiy xulosa qilish; ma'ruzaning bir qismidan boshqa qismiga (bo'limiga) o'tishda mantiqiy bog'liqlikni ta'minlash; muammoli bayon qilish; yozib olish zarur bo'lgan joylarni ajratish (yozdirish); ma'ruzalarni uning alohida holatlarini batafsil tahlil qilish imkonini beruvchi seminar-mashg'ulotlari va amaliy mashg'ulotlar bilan qo'shib olib borish. ma'ruza metodidan foydalanganda ma'lumotlar, tushuntirishlar (izohlar) va faktlar ratsional ravishda taqdim etiladi. ma'ruza metodining afzalliklari: aniq ilmiy bilimlarga tayanadi; vaqtdan unumli foydalaniladi; o'qituvchi tomonidan o'quv jarayonini to'liq nazorat qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Hikoya - uncha katta bo'lmagan, ta'riflovchi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc