Mutaxassislik fanlarini o'qitish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish

Mutaxassislik fanlarini o'qitish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Mutaxassislik fanlarini o'qitish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish - rasmi

Material tavsifi

Mutaxassislik fanlarini o'qitish sohasida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish ta'lim islohotlari jarayonida amalga oshiriladigan tadbir o'ziga xos ilmiy asoslarni va ishlanmalarni talab etadi. Tabiiyki, islohotlarning natijasida ro'yo6ga chiqadigan ta'lim tizimi shaxsiy va kasbiy bilimlari sifat jihatida yangn bosqichga ko'tarilgan mutaxassislarni talab etadi. Bu borada qo'yiladigan asosiy pedagogik talab yuqori darajada rivoj topgan ijodiy imkoniyatlarga ega bo'lish, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishning murakkab masalalarini hal eta olish, o'z mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir eta olish zarurati bilan belgilanadi. Yuzaga keluvchi turli pedagogik vaziyatlarni tahlil eta olish, demokratik fuqarolik jamiyatini qurish yo'lida doimiy ravishlda yangilanib borayotgan sharoitda tegishli metod va vositalar majmuasini to'g'ri tanlay olish mustaqil yurtimiz mutaxassis kadrlarining ajralmas fazilati bo'lib qolishi lozim. Bundan kelib chiqqan holda ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi kursining maqsadi bo'lajak mutaxassislarda pedagogika muammolarini tadqiq qilish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat etib belgilangan. Pedagogika fanining tarmog'i sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga qaratiladi: Kasbiy ta'limning pedagogik muammolarini asoslash, ularni hal qilishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berish; magistrant talabalarni pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini to'g'ri tanlashga o'rgatish; pedagogik tadqiqotlar vazifalariga mos keluvchi tadqiqotlar metodlari majmuasini shakllantirish tamoyillarini asoslash; nazariy tadqiqotlar va amaliy tajriba-sinov ishlarini o'tkazish metodikasini tuzish ko'nikmalarini shakllantirish; bo'lajak mutaxassislarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishning pedagogik va axborot texnologiyalarini asoslash. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi talabalarga pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishga oid chuqur nazariy bilimlar berishga yo'naltirilgan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi bo'yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko'nikmalariga quyidagi talablar qo'yiladi: a) bilishi kerak: - ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini; - kasbiy ta'limning pedagogik muammolarini asoslash, ularni hal qilishning asosiy yo'nalishlarini belgilay olishni; - ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkillashtirishning turli usul va shakllarini; - pedagogika va psixologiya fanlarini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdagi asosiy qonuniyatlarni; - tadqiqiotlarni amalga oshirishda texnik vositalar va kompyuter texnikasini qo'llashni. b) bajarishi lozim: - ilmiy-pedagogik izlanishlarni amalga oshirishni; - ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini to'g'ri tanlay olishni; - pedagogik tadqiqotlar rejalarini ishlab chiqa olishni; - bitiruv-malakaviy ishlariga rahbarlik qilishni; - nazariy tadqiqotlar va amaliy tajriba-sinov ishlarini o'tkazish metodikasini tuza olishni. v) tasavvurga ega bo'lishi kerak: - pedagogikaning nazariy va amaliy muammolarini tahlil qilish metodlari haqida; - xorijiy davlatlarda ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish tajribalari haqida; - pedagogik tadqiqotlar vazifalariga mos keluvchi tadqiqotlar metodlari majmuasini shakllantirish tamoyillari haqida. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini o'rganish jarayonida o'qitishning qo'yidagi yangi texnologiyalari qo'llaniladi: muammoli ma'ruzalar o'tkazish, interfaol metodlar, bahs va debat darslari, muammoli vaziyatlarni qo'llash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va boshqalar. Bo'lajak mutaxassislarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda talabalarning tashkillashtirilgan va tizimga solingan (sistemalashtirilgan) ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashishi muhim ahamiyat kasb etadi. Talaba oliy ta'lim muassasasiga qabul qilinganligining birinchi davridanoq jiddiy tadqiqot ishlariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.47 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.47 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga