Mutaxassislik fanlarini o'qitish tamoyillari Reja: O'qitish tamoyillari majmui: Faollik tamoyili Nazariyaning o'qitish amaliyoti bilan bog'liqligi tamoyili O'qitishning tushunarli bo'lishi tamoyili Namunalardan foydalanish tamoyili Didaktik reduksiya tamoyili va boshqalar. O'qitish tamoyillari o'qitish nazariyasining boshlang'ich qoidalari bo'lib, o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil etishda ularga amal qilishi kerak. O'qitish tamoyillari majmui mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: faollik tamoyili; o'qitishda nazarya bilan amaliyotni bog'liqligi tamoyili; ko'rgazmalilik tamoyili; o'qitishning tarbiyalovchi xarakteri tamoyili; ilmiylik tamoyili; o'qitishda muntazamlilik va izchillik tamoyili; o'qitishning tushunarli bo'lishi tamoyili; namunalardan foydalanish tamoyili; o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili; bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishning puxta bo'lishi tamoyili; didaktik reduksiya tamoyili; Faollik tamoyili. O'quvchi o'zi harakat qilgan taqdirdagina yaxshi o'rganadi va o'zlashtiradi. Shuning uchun o'quv jarayoni shunday tashkil qilinishi kerakki, o'quvchi ko'proq harakat qilsin. O'quvchilar har bir darsga faol qatnashishi kerak, chunki o'quvchi qandaydir ish bajarsa, ishni ongliroq ravishda o'zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o'rnashib qoladi. Natijada o'quvchi bilimni yaxshiroq va chuqurroq o'zlashtiradi va eslab qoladi hamda uning qiziqishi ortadi. Bazi bir qobiliyatlar, masalan mustaqillik va o'zi o'rganishi kabi qobiliyatlarga esa faqat shu tarzda erishish mumkin, xolos. Buning uchun o'qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Nazariyaning o'qitish amaliyoti bilan bog'liqligi tamoyili. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo'lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog'langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o'zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo'llay bilish ham zarur. O'quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg'ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg'ulotlarda o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning isxonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda ana shu bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmalari va malakalari hosil bo'ladi. Ishlab chiqarish ta'limi o'quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidar. Ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida, tanlagan kasblariga doir mehnat ko'nikmalari va malakalarini hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim ham to'ldirilib, aniqlashtirilib boriladi. O'qitishning ko'rgazmaliligi tamoyili. O'qitishning ko'rgazmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o'quvchilarda o'rganilayotgan jarayonlarni, narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish bilan bog'liq muayyan hissiy amaliy tajriba bo'lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda o'zlashtiradilar hamda ularda ilmiy tasavvur va tushunchalar hosil bo'lishi mumkin. Bu tamoyil o'qitish jarayonida turli sezgilardan: ko'rish, eshitish, badan bilan sezish va boshqalardan foydalanishni talab etadi. O'quvchilar buyumni qanchalik har tomonlama idrok qilishsa, ularning shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik to'la va chuqur bo'ladi. Ko'rgazmalilik tamoyili o'qitish maqsadlariga mos bo'lib, materialning mazmuni bilan belgilanadi. Bu materialni o'rganish esa o'quvchilarni chinakam ilmiy va hayotiy muhim bilimlar bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.68 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.68 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:27 ]
Arxiv ichida: doc