Mutaxassislik fanlarini o'qitishning didaktik tamoyillari Reja: Didaktikaning predmeti va vazifalari ta'lim jarayonida didaktik prinsiplar muammosi Didaktikaning asosiy kategoriyalari ta'lim qonuniyatlari Didaktikaning predmeti - ta'lim muassasasi sharoitida o'qituvchinint rahbarligi ostida amalga oshiriladigan o'quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq kilinadi. Turli tipdagi ta'lim muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta'lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o'qitish vositalari va metodlarining samaradorligani oshirish yo'llari hamda ta'limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika - pedagogikaning ta'lim va o'qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmog'idir. Didaktika yunoncha didaktikos so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'qitish, o'rganish manosini bildiradi. Yaqin va O'rta Sharqda Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi mutafakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridirlar. Amos Komenskiy, shveytsariyalik pedagog I.G.Pestalotstsi, nemis pedagogi A. Disterveglar Yevropada didaktikaning rivojlanishiga kata hissa qo'shganlar. Xorazmiy, Kindiy, Forobny, Beruniy, Ibn Sino. Umar Xayyom, Tusiy va ularning izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga, mana shu predmetning mohiyati va o'ziga xosligini tushunish sodir bo'lishi hamda shakllanishiga etibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o'rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar. Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi. Forobiy o'qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o'qitishning amaliy yo'nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog'liqlik g'oyal ariki ilgari surgan. Olim o'qitishning tajriba- ko'rsatmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida etibor bergan. Barcha metodlarni o'quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtirgan. Forobiy matematika fani misollari asosida o'qitishning ilmiy ko'rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayonining va fandagi bilim shakllarining mohyatini yoritgan. Uning fikricha ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo'pol xatolarning oldin oladi. Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalari bo'yicha ham anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo'lish uchun nazariya qaysi fanga taallukli bo'lsada, quyidagi uchta shartga rioya qilish shart: 1. Mazkur fan asosidagi hamma prinsiplarni to'liq bilish; 2. Mana shu prinsiplardan va mazkur fanga doir ma'lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish; 3. Noto'g'ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg'onlan farqlash, xatolarni to'g'rilash uchun boshqa mualliflarningfikrlarini tahlil qila bilish. Ibn Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalar haqidagi ta'limoti o'qitish nazariyasida alohida o'rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilishga tashqi ko'rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Abdulla Avloniy o'zining barcha tadqiqotlarida ilm muammosini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.75 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.75 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:28 ]
Arxiv ichida: doc