Mutaxassisning o'z ustida ishlashining psixologik va pedagogik asoslari

Mutaxassisning o'z ustida ishlashining psixologik va pedagogik asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Mutaxassisning o'z ustida ishlashining psixologik va pedagogik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Mutaxassisning o'z ustida ishlashining psixologik va pedagogik asoslari Reja: o'quv jarayonini rejalashtirishning umumiy masalalari. o'qituvchining o'quv yiliga tayyorlanishi. o'qituvchining navbatdagi mavzu bo'yicha mashg'ulotlarga tayyorlanishi o'qituvchining darsga tayyorlanishi. Shaxs bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish jarayoni. Umummehnat va kasbiy malakalarni shakllantirish bosqichlari. o'quv jarayonini rejalashtirishning umumiy masalalari. o'quv jarayonini rejalashtirish o'qituvchining mashg'ulotlariga tayyorlanishida asosiy urin tutadi. o'quv jarayonini rejalashtirish tufayli o'qituvchi va o'quvchilarning mashg'ulotlarda kasb ta'limining vazifalari va maqsadlariga, uning prinsiplariga va o'quvchilar bilan ishlashga qo'yiladigan boshqa talablarga muvofik xamma ishlarini oldindan ko'rish mumkin. o'quv jarayonini rejalashtirishda o'qituvchi quyidagi asosiy didaktik vazifalarni xal qiladi. o'quv protsessini moddiy jihatdan o'z vaqtida ta'minlash imkoniyati yaratiladi. Xususan, nazariy va amaliy darlarni turli materiallar va asboblar bilan ta'minlash muddatlari oldindan malum bo'ladi. Buning ahamiyati katta, chunki ta'minot malum qiyinchiliklar bilan bog'lik, shuningdek, xar doim biror vaqt rezerviga ega bo'lish kerak. Kasb ta'limi mashg'ulotlarining mazmuni bilan boshqa o'quv predmetlarining mazmuni orasidagi bog'lanish yoritiladi. o'qituvchi o'quv materialini alohida darslarga taksimlab, kasb ta'limi bo'yicha mazkur aniq mavzuni o'rganishgacha o'quvchilar fizika, ximiya, matematika va boshqa predmet darslarida qanday bilimlar olganliklarini aniklaydi; shundan kelib chikib kasb ta'limi bilan fanlarning asoslarini o'rganish orasida didaktik bog'lanishni ta'minlash mumkin. 3. o'quv laboratoriyalarining o'zaro muvofik ish olib borishga erishiladi. o'quv laboratoriyalaridagi mashg'ulotlar jarayonida turli kompleks vazifalarni xal qilishlari mumkin. Bunday xollarda o'quvchilarning ishlashini vaqt bo'yicha moslashtirish juda muhim bo'lib, bunga esa rejalashtirishda erishiladi. 4. Yarim yillik va yillik yakunlari chiqarishda o'qituvchi uchun rejaning bajarilishini tekshirish oson. Buning uchun rejalashtirilgan ish bilan amalda bajarilgan ishni taqqoslash etarli. 5. o'quv bo'limi va boshqa yuqori muassasalar tomonidan ta'lim jarayonini nazorat qilish engillashadi. o'qituvchining mehnat mashg'ulotlariga tayyorlanishini uchta bosqichga ajratish mumkin. Bu bosqichlarni tartibi bilan karab chiqamiz. o'qituvchining o'quv yiliga tayyorlanishi. o'quv yili tugashi bilan o'qituvchining navbatdagi o'quv yiliga tayyorlanishi boshlanadi. o'quv ishini rejalashtirib, o'quv musassasi rejasini va undagi tushuntirish xatini o'rganishdan boshlanadi. Tushuntirish xatini o'rganishda mashg'ulotlarning vazifalarini, shuningdek, o'quv jarayonini tashkil qilishga, ko'rsatmali qo'llanmalardan foydalanishga, o'quvchilar faoliyatini tekshirish. baholash va xoka'zolarga oid metodik ko'rsatmalarni sinchiklab tahlil qilish kerak. Shuningdek, dasturning mazmuni bilan xam sinchiklab tanishib chiqish lozim. Unda xar kaysi sinf o'quvchilariga uzlashtirishi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar, bo'limlar va mavzular, u yoki bu temaga ajratiladigan soatlar miqdori kasbiy ta'lim obyektlarining taxminiy ruyxati xam ko'rsatilgan. o'quv dasturini o'rganish va tahlil kilshni tamomlab o'qituvchi o'quvchilarning ish obyektlari sifatida xizmat kiladigan buyumlarni tanlashga kirishadi. o'qituvchining navbatdagi mavzu bo'yicha mashg'ulotlarga tayyorlanishi. o'qituvchining navbatdagi mavzu bo'yicha mashg'ulotlarga tayyorlanishi kalendar reja tuzishdan boshlanadi. mahalliy sharoitlarga bog'lik holda kalendar reja bir yula butun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.62 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.62 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga