Nafosat tarbiyasi

Nafosat tarbiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Nafosat tarbiyasi - rasmi

Material tavsifi

Nafosat tarbiyasi REJA 1. Nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari; 2. Maktabda nafosat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari; 3. Nafosat tarbiyasida umuminsoniy, milliy va ma'naviy qadriyatlardan foydalanish; 4. Dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda nafosat tarbiyasi Har kishining dunyoda oromi joni - tarbiya , Baxtu iqboli saodatining makoni -tarbiya . Ey otalar jonlaringizdan aziz farzandingiz , G'ayrat aylang , o'lmasun vaqtu zamoni - tarbiya Abdula Avloniy Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya - lotincha «estezio» go'zallikni his qilaman) - o'quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go'zalliklarini anglash, idrok etish va to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, ularda go'zallikka muhabbat uyg'otish, ular tomonidan go'zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she'riyat, tasviriy san'at va boshqalarga bo'lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy tarbiyani samarali tashkil etashda katta ahamiyatga ega. Nafosatdan rohatlanishda faqat san'at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hurmat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o'rin tutadi. Nafosat tarbiyasining mohiyati shundan iboratki, u go'zallikka bo'lgan munosabatni qaror toptiradi. Go'zallikka bo'lgan tuyg'uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo'lmaydi. Mehnat jarayonida tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funksiyasi, zaruriligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go'zallygi bilan ham baholanadi Go'zallik bu hayotning o'zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukam - malligidir. Nafosat bilimlari aniq tarbiyaviy ishlar - tanlov, viktorina, bayram, ko'rgazma va hoka'zolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi. O'quvchilar o'z qobiliyatlarini turli xil badiiy - ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Kichik yoshda «barcha bolalar istes'nosiz rasm soluvchilardir» (K.D.Ushinskiy), «har bir bola - shoir» (VSuxomlinskiy). Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir: o'quvchilarda nafosat his - tuyg'usi, fikr - mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari. go'zallikni sevishga bo'lgan hayotiy ehtiyojini o'stirishdan iborat. Kishilar go'zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo'lganliklari uchun hayajonlanish, qo'yg'urish, darg'azab bo'lish, quvonish, zavqlanish kabi his - tuyg'ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go'zal hodisani idrok qilganidan zavq - shavqqa to'ladi. O'quvchilarda kuzatish madaniyatini tarbiyalash ularning go'zallikka bo'lgan intilishlarini o'stirish uchun juda muhim. Ko'p hollarda bollar biror narsaga qarab turadilar-u, uning o'zini ko'rmaydilar, quloq soladilar-u, eshitmaydilar. SHuning uchun ularga tabiatda, o'rmonda tog'lar va cho'llarda turli tovushlarni farq qilishni o'rgatish lozim. Nafosat haqidagi tushunchalarni o'zlashtirib olish, ajaoyib san'at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o'z fikr -mulohazalarini to'g'ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi. Nafosat tarbiyasi - shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda nafosat faoliyatining vujudga kelishi va takomil - lashuvidan iborat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 929.6 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 929.6 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga