Navro'z bayrami

Navro'z bayrami

O'quvchilarga / Pedagogika
Navro'z bayrami - rasmi

Material tavsifi

Navro'z Navro'z (forscha نوروز - yangi kun) - bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. Navro'z so'zi forschadan tarjima qilinganda, yangi kun ma'nosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navro'z 21-mart kuni,Qozog'istonda esa, 22-martda nishonlanadi. Navro'z tarixi Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko'ra, Navro'zning shakllanish davri - eng qadimgi zamonlardan zardushtiylikning paydo bo'lishigacha davom etgan asrlarni o'z ichiga oladi. O'zbek xalqining allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi oyi deb sanalgan Farvardin oyi to'g'risida so'zlab: Bu oyning birinchi kuni Navro'zdir, - deydi. - Navro'z yilning birinchi kuni bo'lib, uning forscha nomi ham shu ma'noni anglatarkan. Navro'z eronliklar zijlari bo'yicha o'tmish zamonlarda, ular yillarini kabisali qilgan vaqtlarida Quyoshning Saraton burjiga kirish paytiga to'g'ri kelar edi. So'ngra u orqaga surilgach, bahorga keladigan bo'ldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, ya'ni bahor yomg'irining birinchi tomchisi tushishidan, gullar ochilgan, daraxtlar gullashidan mevalari etilguncha, o'simlik unib chiqa boshlashdan takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro'z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan deya izohlaydi. Qadim-qadimdan Navro'z xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi bo'lib kelgan. O'sha kunlarda hatto urush-janjallar ham to'xtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan o'tishgan. Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy olgan quvonchli damlarda ko'pchilikning Navro'z qaerda va qachon paydo bo'lgan ekan? - degan savoliga Saodat jurnalida e'lon qilingan Onaqutining saxovati maqolasida bunga asosli javob berilgan. Unda jumladan: Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani bo'lgan, dunyoviy fanlarga asos solgan Xorazm yurti qadimda, hatto eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam deb atalgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navro'z bayrami ilk bor xuddi shu zaminda Niso (ya'ni, ayol shahri poytaxti bo'lmish Parfiyona) grek va Ovrupa faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar tasdiqladi. Bunga Burgut qala, Jomboq qala va Niso qo'rg'onlarida bunyod qilingan va shu kunlargacha saqlanib qolgan olov uylari yaqqol misol bo'la oladi. Burgut qala markazida moviy gumbazli maqbara bo'lgan. Maqbara mehrobida Onaqutining ko'tarilgan qo'lida Zumrad tosh bo'lgan. Bahorgi teng kunlikda-shamsiy hisob bilan hamal oyining birinchi kuni, hozirgi taqvimimiz bo'yicha 22-martda maqbara gumbazidagi tuynukdan quyosh nuri Onaquti qo'lidagi Zumrad toshiga tushib, sumalak pishirish uchun tayyor turgan qozonning o'txonasiga o't yoqqan, deyilgan. Boshqa afsonalarga qaraganda, Odam Ato Momo Havo bilan uchrashgan kun Navro'z deb tan olingan emish. Firdavsiyniig Shohnomasida yangi yil bayrami shoh Jamshid nomi bilan bog'lanadi. Jumladan, Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida odamlarga kasb o'rgatadi, temir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.15 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.15 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga