Navro'z - rasmi

Material tavsifi

NAVRO'Z Navro'z Sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Navro'z biron bir sanani nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi. U tabiatning o'zidan kelib chiqqan, kuni tun tenglashgandan so'ng, endi kunlarnin uzayishi, uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir. Navro'z Uzoq qishdan so'ng ko'kda quyoshning yuz ko'rsatishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishixalqimiz uchun haqiqiy shodiyonaga aylangan. Navro'z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so'zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an'anaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulug' bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida, Mahmud Qoshg'ariy esa Devonu lug'otit turk asarida juda ham qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Nav-yangi, ro'z-kun: ya'ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas. Навруз Navro'z - qadimiy va boqiy bayram Xalqimiz hayotidagi muhim sanalar, bayramlar orasida Navro'z o'zida qadimiy an'ana va urf-odatlarimiz, mehr-oqibat va saxovat kabi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etishi bilan ajralib turadi. Bir necha ming yillik tarixga ega ushbu bayram ajdodlarimiz tomonidan sharqona yangi yil sifatida keng nishonlab kelingan. Inson va tabiat o'rtasidagi mushtaraklik, dehqonchilik mavsumining boshlanishi Navro'z shodiyonalarida o'z ifodasini topgan. Shuning uchun ham asrlar osha bu bayram boqiy qadriyat, milliy marosim sifatida yashab kelmoqda. Prezident Islom Karimov ta'kidlagandek,Navro'z hayot abadiyligining,tabiatning ustuvar qudrati va cheksiz saxovatining, shu bilan birga necha ming yillik milliy qiyofamizning, urf-odatlarimiz mangulik ifodasi, tastig'idir. Navro'z-yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg'onishi bilan bog'liq yangi kunning boshlanishidir.Navro'zfors so'zi bo'lib,yangi kun degan ma'noni anglatadi. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, ya'ni Navro'z bayrami sifatida Sharq halqlari tomonidan keng nishonlanadiU dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi. Xalqimizga xos an'ana va fazilatlar mujassamligi uchun ham olis va yaqin tariximizda bu bayramni cheklash, uni odamlar qalbidan o'chirishga urinishlar bo'lgan. Lekin ota-bobolarimiz har qanday sharoitda, hatto yashirincha bo'lsa-da, Navro'zni nishonlaganlar, bayramga xos udumlarni ado etganlar. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan milliy o'zlikni anglash, ma'naviy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan yuksak e'tibor tufayli Navro'z yurtimizda umumxalq bayrami deb e'lon qilindi va har yili an'anaviy tarzda keng nishonlanmoqda. Assalom, Navro'zi olam!! - Ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan ko'plab tarixiy kitoblarda Navro'z haqidagi ma'lumotlar uchraydi, - deydi Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi san'at bo'limi mudiri Safura Ro'zimurodova. - Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Abulqosim Firdavsiyning Shohnoma, Mahmud Qoshg'ariyning Devonu lug'atit-turk, Abu Bakr al-Narshaxiyning Buxoro tarixi asarlarida Navro'z tarixi, bu bayramdagi marosim va ijro etiladigan xalq qo'shiqlari bilan bog'liq ma'lumotlar keltiriladi. Ularda bayon etilishicha, Navro'zni bayram sifatida nishonlash miloddan avvalgi VI-V asrlarda boshlangan. Navro'zda o'tkaziladigan asosiy marosimlardan biri bu - sumalak pishirish bilan bog'liq. Sumalak bahor oylarida, asosan, Navro'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.08 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.08 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga