Mavzu: Nazariy o'qitish metodlari Reja: 1) O'qitish metodi tushunchasi va uning turlicha talqin etilishi. 2) O'qitish metodi - metodik sistemaning bir komponenti sifatida. 3) O'qitish metodlari tasnifi. . Metod (grekcha metodos so'zidan olingan bo'lib, aynan, u yoki bu narsaga, haqiqatga yo'l demakdir) maqsadga erishish usuli, tartibga solingan faoliyat ma'nolarini anglatadi. Metod tushunchasi pedagogika, psixologiya va xususiy metodikalarning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, turli pedagog va metodist olimlar tomonidan turlicha talqin etib kelinmoqda. Pedagogik ensiklopediyada izohlanishicha, ta'lim metodi - o'qituvchi va o'quvchining ta'lim mazmunini o'zlashtirishga qaratilgan o'zaro aloqador, ma'lum ketma-ketlikdagi faoliyat tizimidir. G.L.Shukinaning Pedagogika kitobida o'qitish metodiga quyidagicha ta'rif beriladi. O'qitish metodlari bu darsda o'quv-tarbiya maqsadlariga qaratilgan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi ish faoliyatidir. O'qitish metodlari o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo'lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko'nikmalarga erishiladi, o'quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi. 6x6x6 metodi. Ushbu metod yordamida bir vaqtning o'zida 36 nafar o'quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma'lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. 6x6x6 metodi asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo'lgan 6 ta guruh o'qituvchi tomonidan o'rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o'qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangi shakllangan guruh a'zolari o'z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib boradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. Klaster metodi. Klaster (g'uncha, bog'lam) metodi o'quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar to'g'risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Klaster metodi aniq obyektga yo'naltirmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o'quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatinig bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu metoddan o'quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etilgan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Bunday metodlar turkumi anchagina: Qarorlar shajarasi, Tajriba vositasida o'qitish sikli (D.Kolb g'oyasi), Beshinchi (oltinchi, yettinchi,…) ortiqcha, 33 (44, 55,…) metodi, rasmlarni to'g'ri joylashtir, Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash, videotopishmoq, Zakovatli zukko, Qarama-qarshi munosabat, Bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim, Venn diagrammasi va boshqalar. Zakovatli zukko metodi. Mavjud bilimlarni puxta o'zlashtirishda o'quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga qarab egaliklari muhim ahamiyatga ega. Bu metod o'quvchilarda tezkor fikrlash ko'nikmalarini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
457.25 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:28
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
457.25 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:28 ]
Arxiv ichida: ppt