Nazariy ta'lim Hunar bilim yurtlarining o'quv rejalarida nazariy va ishlab chiqarish ta'limi ko'zda tutilgan. Nazariy ta'limning vazifasi, mazmuni, usullari tashkiliy shakllari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bitta maqsadga, yani yuqori malakali ishchi kadrlar tayyorlashga qaratiladi. Shuning uchun nazariy va ishlab chiqarish ta'limi bilim yurtlaridagi o'quv jarayonining mustaqil, ammo o'zaro aloqador qismlari hisoblanadi. ta'limda nazariy dars soatlari bilan amaliy mashg'ulotlarning soatlari malum nisbatda bo'lishi lozim. Bunda o'quvchilar o'rganilayotgan fan bilan tanish emasligini, o'zlashtiriladigan bilimlar ular uchun yangiligini nazarda tutish zarur. Yangi fanni o'qitish oldingi o'tilgan fanlar asosida va yangi texnologiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Maxsus texnik fanlarni o'rganishdan maqsad - o'quvchilarda hozirgi zamon texnikasi va ishlab chiqarish texnologiyasi bo'yicha kasbiy mahoratni shakllantirishdir. Maxsus texnik fanlar bo'yicha darslarga tayyorgarlik ko'rishda didaktik prinsip talablarini hisobga olish zarur. O'qituvchining o'qitish qonuniyatlarini bilishgina emas, balki ularni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish ham muhimdir. Bunga esa o'quv jarayonini tashkil etishda o'qitishning asosiy qoidalariga tayanish kerakligini chuqur anglagan taqdirdagina erishishi mumkin. Bu qoidalar didaktikada o'qitish prinsiplari yoki didaktik prinsip deb ataladi. Didaktik prinsiplar: ta'limni ilmiy asosda tashkil etish; uning tarbiyaviy xarakteri, muntazamligi va izchilligi, ko'rgazmaliligi, mazmunining o'quvchilarga mos bo'lishi; o'qitishning faolligi va ongliligi; bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashtirish va har bir o'quvchiga yakka tartibda yondashishdan iboratdir. O'qituvchi o'quvchilarga mashina va qurollarning tuzilishi, ishlash prinsipi va mehnatni tashkil etishni chuqur o'rgatishi, ularni qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish rejalari, fan va texnikaning yutuqlari, olimlar, muhandis va ishchilarning xizmatlari haqidagi ma'lumotlar bilan ham tanishtirishi lozim. ta'limni ilmiy asosda tashkil etish prinsipi o'quvchilarning ta'limi ishlarini faollashtiruvchi, aqliy qobiliyatlarini ustiruvchi, ularni mustaqil bilim olishga o'rgatuvchi usullarni tanlash va texnik atamalardan foydalanishga odatlanishdir. ta'limning tarbiyaviy xarakteri o'quvchilarga kasbiy bilim berish, ularning aqliy o'sishi hamda dunyoqarashining shakllanishi uchun sharoit yaratadi. ta'limni amalga oshirishda o'qituvchi o'quvchilarda o'z kasblariga muhabbat, ongli intizom, o'z mehnatini rejalashtira bilish, jamoa bilan ishlay olish ko'nikmalarini tarbiyalashi lozim. Har bir darsni o'quvchilar bilim va malakalarni egallashlari bilan birga ularda dunyoqarash ham shakllanadigan yo'sinda tashkil qilish lozim. Ko'rgazmali prinsipi o'rganilayotgan hodisa va narsalarni jonli idrok etish asosida o'zlashtirishni ko'zda tutadi. ta'limning ko'rgazmalilik prinsipi o'quv materialini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishni ta'minlaydi. ta'lim jarayonida ko'rgazmali vositalardan to'g'ri foydalanish o'quvchilar texnikaga oid bilimlarni puxta o'zlashtirib olishiga, ularni malaka hosil bo'lishiga yordam beradi. Agar ko'rgazmali qurol biror fikr uchun ko'rsatish vositasi bo'lsa, nutq asosiy, ko'rgazmali qurol esa yordamchi vosita bo'ladi. Agar ko'rgazmali vosita kuzatishni rivojlantirish uchun qo'llansa, nutq qisqa bo'lishi faqat asosiy vositaga, yani kuzatishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilishi kerak. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.64 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.64 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:28 ]
Arxiv ichida: doc