Nihol, ko'chat va o'simlik mevalarining hamda urug'larining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Nihol, ko'chat va o'simlik mevalarining hamda urug'larining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

O'quvchilarga / Pedagogika
Nihol, ko'chat va o'simlik mevalarining hamda urug'larining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari - rasmi

Material tavsifi

Nihol, ko'chat va o'simlik mevalarining hamda urug'larining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja: Ko'chatzorlardagi ko'chatlar kasalliklari Nihollarning bo'g'ilib qolish kasalligi. Ko'chatlar kasalliklariga qarshi qo'llaniladigan tadbirlar tizimi 1.Ko'chatzorlardagi ko'chatlar kasalliklari O'rmon o'simliklarining yosh ko'chatlari kasallikka juda xam sezgir hisoblanadi. Hatto kichik zararlanishda xam o'simlikning kuchsizlanishi va nobud bo'lishi kuzatilishi mumkin. Ko'chatzorlarda zamburug''li, bakterial va virusli kasalliklar uchraydi. Ularning ichida ko'chatlarning yotib qolishi, chirish, bo'g'ilish eng xavfli hisoblanadi. Ko'chatlarning yotib qolishi.Yotib qolishni asosan Fusarium, Alternaria, Botrytis, Rhizoctonia, Phytophtora turkumlariga mansub turlar qo'zg'atadi. Ular tuproqda, o'simlik qoldiqlarida va ekilgan urug'larda yashaydi. Kasallik belgilari urug'larda, unib chiqayotgan nihollar, ildizchalarda o'ziga xos shaklda ko'rinadi: a) tuproqda urug' va nihollar chiriydi; b) nihollar 1-3 haftalik davrida, yosh ko'chatlar 1-2 oylik davrida yotib qoladi. Ignabargli daraxt ko'chatlarining ildiz bo'g'zi, barglilarda esa urug'palla tirsagida bog'lam hosil bo'ladi. Ildiz chiriydi, nihol esa yerga yotib qoladi va sekin-asta pastdan yuqoriga qarab quriydi.Yon ildizchalar chirib ketadi. Nihol sug'urib olinganda faqat ildiz-ning asosiy o'zak qismi chiqadi. U ham chirib qolgan bo'ladi; v) ildiz va nihollarning yuqori qismlari chiriydi. Fusarium turkumiga mansub turlar iliq, sernam havo sharoitida yoki namlik kamerasida nihollarning ildiz bo'g'zida tiniq-pushti, yumshoq mitseliy hosil qiladi. Mitseliy ustida makro va mikrokonidiyalar va xlamidosporalar hosil bo'ladi. Makrokonidiyalar o'roqsimon, 4-5 hujayrali o'lchami 30-60x4-6 mkm bo'lib, shoxlangan yoki oddiy konidiyabandlarda hosil bo'ladi. Mikrokonidiyalari bir hujayrali, ba'zan ikki hujayrali bo'lishi ham mumkin. Oval, tuxum shaklida yakka yoki zanjirsimon joylashgan. Xlamidosporalari sariq-jigarrang, qalin po'stli. Shuning uchun yuqori va past haroratga chidamli. zamburug'' xlami-dosporalari va mitseliylari bilan tuproqda qishlaydi. Alternaria turkumiga mansub zamburug'' turlari qoramtir yoki qo'ng'irjigarrang mitseliy hosil qiladi. Konidiyalari (30-60x14-15 mkm) qo'ng'ir, butilkasimon yoki urchuqsimon, ko'ndalanggiga va uzunasiga to'siqli bo'lib, akropetal zanjirsimon yig'ilgan. Tuproqdagi o'simlik qoldiqlarida mitseliy holatida qishlaydi. Botrytis turkumiga mansub turlar kulrang mitseliy hosil qiladi. Konidiyabandlari oddiy mitseliylardan yo'g'onligi, shoxlanishi va ranggining jigarrang bo'lishi bilan ajralib turadi. Konidiyalari bir hujayrali, rangsiz, ba'zan tutun rangli, dumaloq, o'lchami 9-12x7-9 mkm, dumaloq boshchaga to'plangan. Ba'zan bu turkumga mansub turlar qora sklerotsiylar hosil qilib, qishni yaxshi o'tkazadi. Pythium turkumiga mansub turlar ko'p shoxlangan, oq ingichka o'rgimchak ini shaklidagi mitseliylardan tashkil topgan g'ubor hosil qiladi. Zoosporalari dumaloq, diametri 15-25 mkm, gifalari o'zida o'sishi mumkin yoki namlik muhitda ularning ichida zoosporalar hosil bo'ladi. Oosporalari dumaloq, diametri 12-18 mkm, sarg'ish-jigarrang, qalin qobiqli, shuning uchun qish sovug'ini talofatsiz o'tkazadi. Kasallangan nihollarning yon ildizlari chirib, yerda qolib ketadi. Niholni yerdan sug'urib olganda faqat o'zak qismi chiqadi. Kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'' turlarini aniqlash uchun fitopa-tologik tahlil o'tkazish tavsiya etiladi. Buning uchun kasallangan nihollar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.75 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.75 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga