Noan'anaviy dars va uning turlari

Noan'anaviy dars va uning turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Noan'anaviy dars va uning turlari - rasmi

Material tavsifi

Noan'anaviy dars va uning turlari R e j a: 1.Noan'anaviy dars turlari. 2.Noan'anaviy dars shakllari. Uning an'anaviy darsdan farqi. Noan'anaviy dars sinfda yoki sinfdan tashqarida o'tkazilishi ko'proq umumlashtirish, takrorlash, mustahkamlash mashg'ulotlardan iborat bo'lishi mumkin. Noan'anaviy darslar faqatgina dars mashg'uloti bo'lib qolmay u darsdan tashqarida xam o'tkazilishi mumkin. Noan'anaviy dars usullaridan foydalanish davr talabi bo'lib qoldi. DTS lari talablarini bajarish uchun biz ijodkor usullarni o'rganishimiz ishimizga tadbiq etishimiz xam farz, xam qarz bo'lib qoldi. Noan'anaviy dars nima, Bu odatdagi darsdan farq qiladigan Lekin o'qituvchi o'z oldiga qo'ygan maqsadig erishadigan dars desak yanglishmaymiz. M.maktablarimizda xorijiy tillar bo'yicha malum bir reja asosida noan'anaviy darslar o'tkazilmoqda, o'rganilmoqda va ommalashtrilmoqda. Chunki bu narsa «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida xam alohida takidlanganidek o'qituvchi oldiga katta mas'uliyat qo'yadi. Noan'anaviy ta'limdan ko'zda tutilgan maqsad o'quvchilarga faqat bilim, ko'nikma malaka berishdan iborat bo'lib qolmasdan o'quvchilarni amaliyotga yaqinlashishi iborat. Noan'anaviy dars ko'proq darsning umumlashtiruvchi mustahkamlash mashg'ulotlarida samaralirok bo'ladi. Noan'anaviy dars yangi pedagogik axbotot texnologiyasiga asoslangan samarali loyiha asosida o'tilishi kerak. Noan'anaviy dars tashkil qilishdan oldin o'qituvchi uning samarasini oldindan bilish kerak. Xorijiy tillarni o'rganishda noananviy usullardan keng foydalanilyapti. Lekin noananviy usullar xam oddiydan murakkabga asosida o'tkazilishi kerak. Noan'anaviy dars shakllariga ertak, sayohat darsi, Pres-konferense, tele-ko'prik, Sud yarmarka, Bozor kabi darslarni olishimiz mumkin. M:Tili o'rganiladigan mamlakat haqidagi olgan bilim va ko'kmalarni mustahkamlash maqsadida sayohat darsini tashkil etish mumkin. Aytib o'tiladigandek bu sayohat darsimiz reja asosida tayyorgarlik bilan fantaziyamizga mos o'tilsa xech bir o'quvchi darsda tomoshabin bo'lmasdan o'z samarasini beradi.Tasavvur qiling biz London, Amerika, Germaniya yoki Parijga fikran sayohatimiz uchun zarur bo'lgan vositalar kartalar shaharlar rasmlari mashxur kishilar, portretlari ramzlari tayyorlanadi. Darsni jonli o'tish uchun eng qiziqarli odat va an'analarni dramalashtirish mumkin. Darsni tashkil etishda o'qituvchi bo'lishi yoki bu vazifani boshqa bir alochi o'quvchiga topshirishi xam mumkin. Darsda qolipga tushgan navbatchi raporti o'quvchining Ob-havo haqidagi ma'lumoti kabi almisoqdan qolgan dars etaplaridan voz kechiladi. Bu narsalarni darsga moslab masalan tili o'rganilgan mamlakat ob-havosi gapiriladigan paytda gapirilib axborot berilib ketishi mumkin. Tili o'rganilayotgan mamlakat urf odatlari haqida ma'lumotga ega bo'lish xorijiy tillarni o'rganish davlat standartiga va talablarida xam ko'zda tutilgani uchun shu odatlarni gapirilar ekan ularning o'zbekona, sharqona udumlarimizga qanchalik mos kelishimiz uning tarbiyaviy ahamiyatiga xam tuxtalamiz. M:Diniy bayramlardan «Christmas» rojdestvoning xayit bayramlariga o'xshab ketishi aytilsa o'quvchi bu bayram haqida kengroq tasavvurga ega bo'ladi. Yoki London avtobuslari 2 qavatli bo'ladi, ular 3 xil rangda xar bir malum bir yo'nalishi uchun mo'ljallangan degan fikr aytishda o'quvchi o'zi shunga tayyorlanadi. Bu esa o'quvchida axborotni bilishda intilishi ijodkorlikni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.6 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.6 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga