Notiqlik san'ati va pedagogik mahorat Режа: Notiqlik san'ati haqida tushuncha. Pedagogik faoliyatda nutq. Pedagog nutqining sifat va xususiyatlari. Insonlar hayotida nutqning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi har bir kishiga ham ma'lum. Chunki odamlar til yordamida fikr almashish, bir-birlarini tushunishdan tashqari, o'z istaklarini, his-tuyg'ularini, irodalarini ham izhor etadilar. Nutq kishilarning bir-birlariga ta'sir etishning qudratli vositasidir. So'z insonni ishontirishi, mehnat va g'alabaga chorlashi, yomon yo'ldan qaytarishi, quvontirishi yoki jahlini chiqarishi, hatto o'ldirishi ham mumkin. O'qituvchi faoliyatida nutq juda muhim funksiyalarni bajaradi. O'qituvchilar nutq orqali bilim, ishonchga ega bo'ladilar. Muayyan his-tuyg'ularga tushunib yetadilar, o'qituvchining so'zlari ta'sirida bolalarda muayyan psixik prosesslar va psixik holatlar vujudga keladi, shaxsiy jihatlari shakllanadi. Nutqning fiziologik asoslari I.P.Pavlov tomonidan tushuntirib berilgan. Uning ta'limotiga asoslanib, sezgilarimiz, idrokimiz va tasavvurlarimizni atrofimizdagi tashqi dunyoning birinchi signallari deb yuritamiz. Nutq va tafakkur esa ikkinchi signal sistemasidan iboratdir. So'z voqelikdagi narsa va hodisalarni idrok qilish hamda tasavvur etishdan iborat bo'lgan bevosita signallarning signalidir. Insondagi ikkala signal sistemasi birgalikda mavjuddir. So'z asosida doimo aniq narsa, hodisa, voqelik yoki umumlashgan tushuncha tasavvuri mavjud bo'lmog'i zarur. Aks holda, nutq ham real hayotni aks ettira olmaydi, hamda tafakkur ham umumlashtirish vositasi bo'lmay qoladi. Inson tafakkur bilan bog'liq bo'lgan nutq ikkinchi funksiyani: aloqa va ta'sir ko'rsatishni bajaradi. Bu o'rinda shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, nutq boshqalar bilan aloqa vositasi bo'lishi bilan bir vaqtda tafakkurning ham shaklidir. Chunki har birimiz «ichki nutq» deb atalmish «so'zlar bilan fikr yuritamiz». O'zgalarga qaratilgan nutq og'zaki va yozma ravishda bo'lishi ham mumkin. Nutqning bu ikkala ko'rinishi bir-biriga uzviy bog'liq bo'lib, bularning birini egallash ikkinchisiga bog'liq. Lekin, ba'zan shunday ham bo'ladiki, og'zaki nutqni yaxshi o'zlashtira olmagan odam o'z fikrini yozma nutqda yaxshi bayon etishi va, aksincha, yozma nutqi yaxshi rivojlanmagan odam yaxshi gapira olmasligi ham mumkin. O'qituvchi uchun nutqning ikkala turini bilish, ayniqsa, og'zaki nutqni yaxshi egallashi zarur. Nutq monolog (o'qituvchida bu ma'ruza va himoya ko'rinishida bo'ladi) va dialogik (bu ikki shaxsning o'zaro suhbatidan iborat bo'ladi), turlari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Pedagog o'z tajribasida tashqi nutqning ikkala turidan ham foydalanadi. O'qituvchining nutqi o'quvchilarga nimani o'rgatmoqchiligiga qarab turli xarakterga ega bo'lishi mumkin va boshqa nutqlar kabi tuzilaveradi. Lekin faqat pedagogik nutqqagina xos bo'lgan spesifik belgilarni ham ko'rsatish mumkin. O'qituvchining nutqi, avvalo, yo'naltirilgan yoki, boshqacha aytganda, undalma nutqdan iboratdir. Bunda gapirilayotgan gapni tinglovchilar qaysi darajada qabul qilayotgani hisobga olinadi. O'qituvchi materialni turli shaklda bayon qilishi mumkin. Masalan, hikoya qilish, ma'ruza va suhbatlar shular jumlasidandir. Lekin sinf bilan doimiy aloqada bo'lish zarur. Har bir odam nutqining o'ziga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:28 ]
Arxiv ichida: doc