Notiqlik va nutq madaniyati boshqaruv jarayonidagi muhim vosita sifatida

Notiqlik va nutq madaniyati boshqaruv jarayonidagi muhim vosita sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Notiqlik va nutq madaniyati boshqaruv jarayonidagi muhim vosita sifatida - rasmi

Material tavsifi

Notiqlik va nutq madaniyati boshqaruv jarayonidagi muhim vosita sifatida Reja: Suhbatlashishning o'z qonun qoidalari mavjud So'zlashuv uslubi Rasmiy uslub Publitsistik uslub Nutqning psixologik madaniyati Nutqning aloqa madaniyati Nutq sofligi Tayanch iboralar: Til, nutq, og'zaki nutq, talaffuz, ohang, imo-ishora, so'zlovchi, kayfiyat, so'zlanayotgan vaziyat, so'zlovchi, nutqiy, kundalik so'zlashuv nutqi, lektorlar nutqi, radio va televideniye nutqi, sahna nutqi, mahalliy dialekt va shevalarga xos so'zlar, ibora, grammatik shakllar, so'z va so'z birikmalari talaffuz, urg'u, o'rinsiz qo'llangan chet so'zlar, jargonlar, vulgarizm, parazit so'zlar, kanselyarizmlar, Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, tinglovchilarga hurmat. Davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlar oldiga ma'lum talablarni qo'yadi. Bu talablarga rioya etmaslik muvaffaqiyatsizlikka, belgilangan maqsad yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sabab bo'ladi. Notiqlik san'ati (ritorika) fan sifatida qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi IV-V asrlarda paydo bo'ldi. Ammo notiqlik san'atiga ehtiyojning paydo bo'lishini insoniyat tarixidagi ilk davlatchilikning shakllanishi davri bilan bog'lash mumkin. Nutq davlatni boshqarish, xalqni hokimiyat atrofida birlashtirish va muayyan maqsadlar sari yo'naltirish, turli toifadagi odamlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish kabi ishlarning barini amalga oshirishning bosh vositasidir. Bugungi kunda ham har qanday rahbar ishining samarasi ko'p jihatdan uning notiqlik mahoratiga bog'liq. Hozirgi sharoitda boshqaruv tizimida ishlayotgan har qanday rahbar uchun, u biron - bir korxona, tashkilot, jamoa rahbari bo'ladimi yoki siyosiy arbob bo'ladimi, odamlar bilan muloqot madaniyatini o'zlashtirish, jonli so'z vositasida kishilarga O'zbekiston hukumati siyosatini to'g'ri tushuntira olish, mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol ishtirok etish va fuqarolik burchlarini chuqur anglab yetishlariga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Notiqlik san'ati murakkab san'at bo'lib, uni egallash kishidan qunt va chidam, malaka va tajriba talab etadi. Haqiqiy nutq katta mahorat va puxta tayyorgarlikning mahsulidir. Oddiy, madaniy va savodli so'zlashni o'rgangan notiq, notiqlik san'atini egallashga birinchi qadamni qo'ygan hisoblanadi. Umummadaniyatni belgilovchi asosiy omil hisoblangan notiqlik san'ati, shuningdek, nutq odobi, muomala madaniyati, ularning o'zaro munosabati kabi masalalarning o'zgarishi hozirgi kunda O'zbekiston mustaqillikka erishgan, o'zbek tili ana shu mustaqil mamlakatning davlat tili maqomini olgan paytda, Ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Har qanday jamiyatda tilni rivojlantiruvchi kuch nutq hisoblanadi. Nutq - bu til deb ataluvchi, o'ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan muhim munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq jarayoni - tilning o'z vazifasini bajarish hamda amalga oshirish jarayoni. Til va nutq bir-biriga bog'liq hodisadir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Til - bu qurol. Til nutq uchun moddiy materialdir. Lekin, shu bilan bir qatorda ular bir-biridan farq ham qiladi. Til kishilarga doimo o'zaro aloqa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.69 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.69 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga