Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan muassasalar tarmog'i

Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan muassasalar tarmog'i

O'quvchilarga / Pedagogika
Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan muassasalar tarmog'i - rasmi

Material tavsifi

Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan muassasalar tarmog'i Reja: Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan muassasalarning paydo bo'lish tarixi. Nuqsonli bolalarga ta'lim-tarbiya berishda, ularning sog'ligini saqlashda, xalq ta'limi, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot vazirliklarining o'rni. Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan muassasalarning vazifalari. Nuqsonli bolalar bilan ishlashda oligofrenopedagogikaning roli. Tayanch iboralar va tushunchalar: garanglar, yaxshi eshitmaydigan, ko'rlar, ko'zi xira ko'radiganlar, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan bolalar, oligofrenpedagoglar. Kamol topishda kamchiligi bor bolalarni kamchiligini o'z vaqtida bilish, kasalini davolash, pedagogik ta'sir ko'rsatish, muayyan ijtimoiy natijalarga erishish imkonini beradi hamda bu bolalarni kamol topishini ta'minlaydi, ularni maktabda beradigan bilimlarni o'zlashtirib olishga, so'ngra esa jamiyatda shuning foydali a'zolari bo'lib еtishishga yordam beradi. Fan-texnika yutuqlarini hayotga tadbiq etish asosida turli xil yuqumli kasalliklar umuman tugatildi. Barcha maxsus maktablar, maktab-internatlar, maxsus bog'chalar, butunlay davlat ta'minotiga o'tkazildi. Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan muassasalar tarmoqlari sobiq sho'ro hududida ayniqsa, 1920-yillardan keyin jadal sur'atda rivojlandi. Ko'r, kar, aqli zaiflar uchun maxsus, alohida maktablar ochila boshlandi. Maxsus o'quv rejalar, dasturlar, darsliklar, uslubiy adabiyotlar yaratildi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari bo'lgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ishga joylashtirish haqidagi qaror 1975-yilda qabul qilingandan keyin, turli nuqsonli bolalarga bo'lgan munosabat bir muncha kuchaydi. Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan yordamchi maktablar ommaviy maktablar singari yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularni jamiyatning foydali kishisi qilib еtishtirishga xizmat qiladi. L.S.Vigotskiyning 1924-yilda aytgan optimistik bashorati nazariyada real ekanligini hozir nuqsonli bolalar sohasida erishilgan yutuqlar ham ko'rsatib turibdi. Ehtimol, insoniyat ertami-kechmi ko'rlik, karlik, aqli zaiflikni еngadi. Ammo ularni biologik va tibbiyot tomonidan ko'ra, ijtimoiy va pedagogik tomondan ancha ilgari еngadi, - deb ta'kidlagan edi. Nuqsonli bolalarning atroflicha rivojlanishida ijtimoiy ta'lim-tarbiya nihoyatda katta ahamiyatga ega. Yunesko ma'lumotlariga ko'ra nuqsonlilarning uchdan bir qismigina maxsus ta'lim-tarbiya jalb qilingan. Nuqsonli bolalarning ta'lim-tarbiyasidagi asosiy qiyinchilik nuqsonni aniqlashdan iborat. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, 0-2 yoshda 15,2%, maktabgacha yoshda 17,7%, kichik maktab yoshida esa 49,6% nuqsonli bolalar aniqlanar ekan. Shundan ko'rinib turibdiki, 10 yoshli bolalar orasida ham 20% ga yaqin nuqsonlilar uchrar ekan. Buning sabablaridan biri diagnostik ishlarning takomillashganligi, еtarli, ishonchli psixologik-pedagogik metodikalarning еtishmasligidir. Nuqsonli bolalarga ijtimoiy ta'lim-tarbiya berish ishlari respublikamizda keyingi 20 yil ichida bir muncha takomillashdi. Xalq ta'lim qonunida ta'kidlashicha, O'zining jismoniy va ruhiy nuqsonlari asosida umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya olishga qodir bo'lmagan bolalar uchun maxsus umumta'lim maktablari va maktab-internatlari tashkil etiladi. Bu muassasalarda nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiya olish va davolash bilan birga ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishlari uchun ham imkoniyat yaratiladi. Hozirgi kunda maxsus muassasalar o'zlarining yuzaga kelish, rivojlanish, takomillashishda ma'lum tarixiy yo'lni bosib o'tdi. 1930- yillardan boshlab turli joylarda 4-8 yoshli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.26 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.26 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga