Nutq buzilishlarining sabablari va ularni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishlar

Nutq buzilishlarining sabablari va ularni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Nutq buzilishlarining sabablari va ularni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishlar - rasmi

Material tavsifi

Nutq buzilishlarining sabablari va ularni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishlar RYeJA: 1. Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari. 2. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 3. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari. Tayanch so'zlar:(Evolyuion dinamik, asfiksiya, neyroinfeksiya, dispanserizatsiya, nasliy faktorlar, ijtimoiy omil, jarohatlanish.) Bolalardagi nutq buzilishining yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko'rib chiqishda evolyutsion-dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Shuningdek bolaning tevarak-atrofidagi sharoitni alohida o'rganish talab qilinadi. Psixik jarayonlarning shakllanishida biologik va sotsial jarayonlarning birligi prinsipi nutqiy sistemaning rivojlanishiga- nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta'sirini aniqlash imkonini beradi. Eshitishi normal bo'lgan bolaning kar-sokov ota-ona kulida tarbiyalanuvchi, surunkali kasal bo'lib, tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy (rivojlanmay qolishi) shikastlanish va ikki tillik bolada duduqlanishni yuzaga keltiradi. Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari: Embrion rivojlanish davridagi turli xil potologiyalar. homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli, endokrin kasalliklar, jarohatlar, qonning rezus faktorga mos kelmasligi. Tug'ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari. Miyaning chaykalishi bilan birga sodir bo'ladigan bosh miya jarohatlari. Nasliy faktorlar. Bunday xollarda nutq buzilishlari umumiy nerv sistema buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi. Ijtimoiy maishiy sharoitning yomonligi. Bu holat mikrosotsial pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emotsional irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo'ladi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan sabablar, ayrim xollarda ularning birgalikda qo'shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: Organik va funksional xarakterdagi nutq buzilishlari. Organik nutq buzilishlari o'z navbatida malum joyning zaralanishiga ko'ra markaziy va pereferik xarakterda bo'ladi. Markaziy buzilishlar: Markaziy nerv tizimini u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya nutq kamchiliklari kiradi. Pereferik buzilishlari: artikulyatsion apparatning noto'g'ri buzilishi va pereferik nerv artikulyatsion organlar inervatsiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Pereferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi. Pereferik xarakterdagi nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi. Funksional buzilishlar bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a'zolar tuzilishida xech qanday o'zgarishlar bo'lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlariga dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi. Turli nutq buzilishlarini rivojlanishini oldindan aniqlash katta ahamiyatga egadir. Agarda bolaning nutqiy nuqsoni maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniklansa, u holda uni tuzatish qiyinchiliklari tuzatilib, uzlashtirishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Agarda bolaning nutq nuqsoni maktabgacha yoki yasli yoshida aniklansa, tibbiy va pedagogik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.63 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.63 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga