Nutq madaniyati tarixidan. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati Reja: 1. Nutq madaniyati haqidagi ta'limotning shakllanishi: a) Qadimgi Gretsiya va Rimda nutq madaniyati masalalari. b) Rossiya tarixida notiqlik san'atining rivoj topishi. v) O'rta Osiyo madaniyati tarixida nutq madaniyatining o'ziga xos mavqei. 2. Notiqlik san'ati haqida. 3. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati. Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo'yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi, notiqlikni san'at darajasiga ko'tardi. yetuk inson bo'lishi uchun albatta, notiqlik san'atini egallash shart qilib qo'yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratildi. Uning Tsitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari etishib chiqdi. Eramizning 335 -yilida Aristotelning «Ritorika» si yaratildi. Unda notiq oldiga quyidagilarni vazifa qilib qo'ydi: - materialni har tomonlama tayyorlash; - materialni joylashtirish rejasini belgilash; - materialni o'zlashtirish, nutq qurilishini to'g'rilash; - notiqning nutq materialini o'rganishi; - materialni so'z bilan ifodalash; - nutqni talaffuz qilish, yani nutq jarayoni. Bu talablar hozir ham o'z kuchini saqlab kelmoqda. O'sha davr sud notiqligida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi, notiqlik san'ati nazariyasiga ulkan hissa qo'shdi. Tsitseronning «Notiq haqida», «Notiq», «Brut» asarlari hozir ham malum qimmatga egadir. Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir. U o'zining «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqliqning birinchi sharti qilib qo'yadi. Kvintilian notiqlikka doir bilimni juda yoshlikdan o'rgana borish kerak, deydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo'lishiga katta ahamiyat beradi. U: «Sen shunday so'zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin», - degan edi. Xullas, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy notiqlik nazariyasi rivojlantirildi. Bu nazariya keyinchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag'ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo'ldi. Rossiya tarixida notiqlik san'atiga bo'lgan etibor, asosan Pyotr I davrida ancha kuchaydi. XVII - XVII asrlarga kelib, rus notiqligida, asosan beshta yo'nalish mavjud edi: 1. Yuqori doiradagi dvoryanlar orasida mavjud bo'lgan saroy notiqligi. 2. Diniy notiqlik. 3. Xalq notiqligi (Xalq qo'zg'oloni rahbarlarining) 4. Harbiy notiqlik 5. Diplomatik notiqlik. M.V.Lomonosovning xizmatlari tufayli rus tili nutq madaniyati borasida jiddiy nazariy fikrlar o'rtaga tashlandi, uning amaliy ahamiyati nimada ekanligi ko'rsatib berildi, rus tilining lisoniy boyliklari asosida ijodiy rivojlantirildi. M.V.Lomonosovning «Rus sheriyati qoidalari haqida maktublar» (1739), «Rus grammatikasi» ( 1755-1957 ), «Nutq madaniyati bo'yicha qisqacha qo'llanma» (1748) kabi asarlari rus tilini ilmiy o'rganishni boshlab beribgina qolmasdan, rus tilshunosligining keyingi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. O'rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug'ullaning o'ziga xos mavqega ega. Taniqli siyosatshunos olim Nazrullo Jo'rayev o'zining «Agar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:32:22
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.24 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:32 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.24 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:28 ]
Arxiv ichida: doc